Tadbirkorlik asoslari
TA2802 · 7-семестр · 60111500 Ona tili va adabiyoti (qozoq tili va adabiyoti) · Набор 2023 г.
- Кредиты
- 5
- Всего часов
- 150
- Аудиторные
- 60
- Тип
- По выбору
- Блок
- Tanlov fanlar
- Форма итогового контроля
- Imtihon
Распределение часов
- Лекция30 ч
- Практика30 ч
- Самостоятельная работа90 ч
Темы · 30
Лекция · 30 ч
- 1.Tadbirkorlik tafakkuri va biznes imkoniyatlarni aniqlash. Tadbirkorlikning mohiyati: kichik biznes, mikrobiznes, startap, oilaviy va ijtimoiy tadbirkorlik yondashuvlari. Tadbirkorlik tafakkuri va kundalik hayotiy muammolarni biznes imkoniyati sifatida koʻrish. “Muammo – yechim – mijoz – daromad manbai” zanjirini shakllantirish.2
- 2.Mijoz muammosi asosida biznes g’oyani shakllantirish. Bozordagi boʻshliqlar va real muammolarga asoslangan biznes gʻoyalarni shakllantirish. Gʻoyalarni topish va tahlil qilish usullari: kuzatish, mijoz bilan suhbat, soʻrovnoma va fikrlar shturmi. Eng kam xarajatli sinov mahsuloti (MVP) konsepsiyasi: oddiy namuna, katalog yoki raqamli maket tayyorlash.2
- 3.Mahsulotni kam xarajat bilan bozorda sinab ko’rish. Biznesni moliyalashtirish manbalari va oʻsish uchun investitsiya sifatida kredit olishning afzalliklari. Biznes krediti va shaxsiy ehtiyoj uchun beriladigan isteʼmol kreditining tub farqlari. Kredit shartlari: garov, kafillik, imtiyozli davr, foiz toʻlovlari va pul oqimi tahlili.2
- 4.Biznesni qonuniy rasmiylashtirish va davlat roʻyxatidan oʻtkazish. Tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy shakllari: Yakka tartibdagi tadbirkor (YaTT), MChJ, oilaviy korxona va kooperativlar. Biznesni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish: firma nomi, yuridik manzil va E-IMZO. Litsenziya va ruxsatnoma talab qilinadigan faoliyat turlari hamda noqonuniy faoliyatning huquqiy xavflari.2
- 5.Tadbirkor qanday soliqlarni toʻlaydi va hujjatlarni yuritadi. Kichik biznes uchun mavjud soliq rejimlari: soddalashtirilgan va umumiy soliq tizimi hamda soliq imtiyozlari. my.soliq.uz orqali soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti va elektron hisobotlarni topshirish tartibi. Birlamchi moliyaviy hujjatlar: hisob-faktura, chek, yuk xati va daromad-xarajat daftarini yuritish qoidalari.2
- 6.Biznes-model qanday ishlaydi. Biznes-modelning maqsadi: biznes qanday ishlaydi va qanday yoʻl bilan daromad keltirishini rejalashtirish. Biznes-model sxemasi (Osterwalder Canvas) elementlari: mijozlar, qiymat taklifi, kanallar, resurslar va hamkorlar. Bozorda keng tarqalgan zamonaviy biznes modellar (obuna tizimi, franshiza, onlayn platforma, B2B, B2C).2
- 7.Mijoz kim va unga nima kerak? Maqsadli mijozlarni segmentlash: yoshi, daromadi, qiziqishi va xarid odatlari boʻyicha guruhlash. Ideal mijoz portretini (Persona) yaratish: ehtiyoj, muammo va xarid qilish motivatsiyasi. Bozor hajmini baholash (TAM, SAM, SOM) va dastlabki jalb qilinishi mumkin boʻlgan potensial mijozlar sonini hisoblash.2
- 8.Mahsulotni reklama qilish va mijozga yetkazish. Marketing-miks (4P) konsepsiyasi: mahsulot, narx, sotish joyi va ragʻbatlantirishning oʻzaro bogʻliqligi. Zamonaviy va arzon reklama kanallari: raqamli marketing, ijtimoiy tarmoqlar (SMM) va maqsadli (targeted) reklama. Mahsulotni mijozga yetkazish (distribyutsiya) kanallari va logistika jarayonini toʻgʻri rejalashtirish.2
- 9.Savdo jarayonini tashkil etish va mijozlar bilan ishlash. Savdo voronkasi (Sales Funnel) tushunchasi: qiziqish uygʻotishdan to xarid va sodiqlik bosqichigacha. Mijozlar bilan samarali muloqot qilish, muzokaralar olib borish va eʼtirozlar bilan ishlash texnikasi. Savdoni avtomatlashtirish: CRM tizimlari va mijozlar bazasini yuritishning biznes uchun ahamiyati.2
- 10.Mahsulot narxini shakllantirish. Tannarx tushunchasi: mahsulot yoki xizmatni ishlab chiqarishdagi toʻgʻri va egri xarajatlar. Narx belgilash metodlari: xarajatlarga asoslangan, raqobatchilarga yoʻnaltirilgan va qiymatga asoslangan narxlash. Doimiy va oʻzgaruvchan xarajatlarni hisoblash hamda zararsizlik nuqtasini (Break-even point) aniqlash.2
- 11.Biznesda pul oqimini rejalashtirish: kirim, chiqim va mablagʻ jalb qilish. Pul oqimi toʻgʻrisidagi hisobot (Cash Flow Statement): pulning haqiqiy harakatini va qoldigʻini kuzatish. Biznesda kassa defitsiti (pul yetishmovchiligi) tushunchasi, uning sabablari va oldini olish yoʻllari. Aylanma mablagʻlarni boshqarish: debitorlik va kreditorlik qarzdorliklari nazorati.2
- 12.Biznesda foyda va zarar tahlili. Foyda va zararlar toʻgʻrisidagi hisobot (P&L - Profit and Loss): yalpi, operatsion va sof foyda. Pul oqimi (Cash Flow) va foyda (Profit) oʻrtasidagi farqlar hamda ularning moliyaviy tahlildagi oʻrni. Rentabellik koʻrsatkichlarini (ROI, ROE, ROS) hisoblash va biznesning iqtisodiy samaradorligini baholash.2
- 13.Biznes-reja tuzish va mahsulotni tashqi bozorga olib chiqish. Biznes-rejaning tuzilishi va asosiy boʻlimlari (rezyume, marketing, ishlab chiqarish, moliyaviy reja). Investorlar va banklar uchun biznes-reja taqdim etishning oʻziga xos talablari hamda mezonlari. Eksport faoliyati asoslari: tashqi bozorlarni tahlil qilish va mahsulotni xalqaro standartlarga moslashtirish.2
- 14.Jamoani shakllantirish, xodimlarni boshqarish va xavflarni aniqlash. Startap va kichik biznesda jamoaning roli: asoschilar (co-founders) va ilk xodimlarni tanlash mezonlari. Xodimlarni motivatsiya qilish tizimi (moddiy va nomoddiy) hamda vazifalarni toʻgʻri delegatsiya qilish. Biznes xavflarini (risklarini) klassifikatsiyalash: moliyaviy, bozor, operatsion va huquqiy risklar.2
- 15.Biznes gʻoyani taqdim etish va tadbirkorlik yoʻlini boshlash. Pich-dek (Pitch Deck) tushunchasi: loyihani investorlarga qisqa va loʻnda taqdim etish strukturasi. "Elevator Pitch" (Liftda taqdimot) texnikasi va 1–3 daqiqa ichida biznes gʻoyaning mohiyatini jozibali ochib berish. Investor va ekspertlarning kutilayotgan savollariga tayyorgarlik koʻrish hamda moliyaviy soʻrovlarni asoslab berish.2
Практика · 30 ч
- 1.Tadbirkorlik faoliyatining mohiyati va uning asosiy belgilarini tahlil qilish2
- 2.Tadbirkorlik faoliyatida tavakkalchilik darajasini baholash va uni kamaytirish yo’llari2
- 3.O’zbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirishning huquqiy va me’yoriy asoslarini o’rganish2
- 4.Tadbirkorlik muhiti korsatkichlarini baholash va tahlil qilish2
- 5.Tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash davlat dasturlari va ularning samaradorligini tahlil qilish2
- 6.Tadbirkorlik subyektlarining tashkiliy-huquqiy shakllarini qiyosiy tahlil qilish.2
- 7.Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish tartibi va hujjatlarini rasmiylashtirish2
- 8.Tadbirkorlik faoliyatida marketing strategiyasi va taktikalarini ishlab chiqish2
- 9.Tadbirkorlik faoliyatida raqobatbardoshlikni baholash usullari2
- 10.Tadbirkorlik faoliyatini boshqarishda axborot texnologiyalaridan foydalanish amaliyoti2
- 11.Tadbirkorlik faoliyati uchun biznes-reja tuzish va uning tarkibiy qismlarini shakllantirish2
- 12.Tadbirkorlik sarmoyasini shakllantirish va uning harakatini hisoblash2
- 13.Tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirish manbalari va kreditlash shartlarini tahlil qilish2
- 14.Tadbirkorlik subyektlari uchun soliqlar va ularning hisob-kitob qoidalarini o’rganish2
- 15.Tadbirkorlik faoliyatining moliyaviy natijalari va iqtisodiy holatini baholash (balans va hisobotlar asosida)2
Формы контроля (макс. балл)
- Итоговый контроль 5
- Итого 5
- 1-й промежуточный 5
- 2-й промежуточный 5
Источник: HEMIS. Названия как в HEMIS (на узбекском). Список литературы и критерии оценивания — в утверждённом силлабусе кафедры.
К учебному плану