Amaliy o‘zbek (rus) tili. O'zbek tilining sohada qo'llanilishi
O‘RT1106 · 1-semestr · 60110802 Ona tili va adabiyoti: rus tili · 2025-yil qabuli
- Kredit
- 6
- Jami soat
- 180
- Auditoriya
- 72
- Turi
- Majburiy
- Fanlar bloki
- Majburiy fanlar
- Yakuniy nazorat shakli
- Imtihon
Soatlar taqsimoti
- Amaliy72 soat
- Mustaqil ta’lim108 soat
Mavzular · 36
- 1.Kirish. Pedagogning kasbiy nutqi madaniyatning tarkibiy qismi sifatida. “Kasbiy faoliyat”, “kasbiy madaniyat”, “kasbiy muloqot”, “kasbiy nutq” tushunchalari. Kasbiy nutqning qo‘llanilish sohalari. O‘zbek tili bo’yicha egallangan bilim, ko‘nikma, malakani aniqlash.2
- 2.O‘qituvchi nutqining kommunikativ xususiyatlari. Pedagogik nutqning o‘ziga xosliklari. Nutq turlari va ko‘rinishlari. Nutqning to‘g‘riligi, aniqligi, tozaligi, mantiqiyligi, ta’sirchanligi, maqsadga muvofiqligi.2
- 3.Nutq turlari va ko‘rinishlari. Nutqning to‘g‘riligi, aniqligi, tozaligi, mantiqiyligi, ta’sirchanligi, maqsadga muvofiqligi2
- 4.O’zbekiston ta’lim tizimi va jahon. O‘zbekistondagi ta’lim tizimi bosqichlari. O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari va jahon universitetlari Kredit-modul tizimining afzalliklari. Viloyat OTMlari, turdosh OTMlar haqida ma’lumot.2
- 5.O‘zbek tili va uning tillar tizimidagi o‘rni. O‘zbek tili-turkiy tili, allyuginativ til. O’zbek tilining taraqqiyot bosqichlari. Davlat tilining nufuzini orttirish bo‘yicha hukumat qarorlari, Qiyosiy tipologiya natijalari2
- 6.O‘zbek adabiy tili me’yorlari. Hozirgi o‘zbek adabiy tili me’yorlari tasnifi. Fonetik, orfoepik, grafik, orfografik, leksik, so‘z yasash, grammatik, aksentologik, punktuatsion me’yorlar.2
- 7.Uslubiy me’yor. Nutq uslublari. Lingvistik uslubshunoslik. So‘zlashuv, ommabop, badiiy uslublar. Uslublarning, fonetik, leksik-semantik, grammatik xususiyatlari2
- 8.So‘zlashuv, ommabop, badiiy uslublar. Uslublarning, fonetik, leksik-semantik, grammatik xususiyatlari.2
- 9.Ilmiy uslub, uning turlari, janrlari. Ilmiy uslub, uning qo‘llanilish sohalari, janrlari. Ilmiy ish turlari.2
- 10.Ilmiy uslubning leksik xususiyatlari. Ilmiy uslubda so’z tanlash jarayoni. Terminlar va ularning vujudga kelishi. Terminlarning turlari. Kasbiy terminologik tizim2
- 11.Pedagogikaga oid terminlar glossariyasi “Glossariy“ tushunchasi. Pedagogik sohada qo‘llanadigan umumiy terminlar ro‘yxati. Mutaxassislikka oid terminlar glossariysini tuzish.2
- 12.Ilmiy uslubning grammatik xususiyatlari. Ilmiy uslubning morfologik jihatdan o‘ziga xosliklari. Kasbiy til sintaksisi. Kasbga oid matnni grammatik tahlil qilish.2
- 13.Ixtisoslikka oid matn tarjimasining muammolari. Ixtisoslikka oid matnlar ustida ishlash. Tarjima sirlari, muammolari. Mutaxassislik terminlarining uch tilli lug‘atini tuzish.2
- 14.Kasbiy monologik nutq. Monologik nutq. Monologda mazmun va ohang izchilligi. Kasbiy monologik nutq tuzish mashqlari2
- 15.Mutaxassislikka oid bahs turlari. Eristika-bahs yuritish san’ati. Bahs turlari. Muhokama, munozara, polemika, disput, debat. Ta’limiy bahs namunalari2
- 16.Mutaxassisning o‘zbekcha taqdimot nutqi. Taqdimot etikasi. Taqdimot davomida foydalaniladigan nutqiy qoliplar. Mutaxassislikka oid mavzu bo‘yicha taqdimot tayyorlash.2
- 17.“Akademik yozuv” tushunchasi. Akademik yozuvining o‘ziga xosliklari. Ilmiy ishlarga qo‘yiladigan umumiy talablar. Akademik matnlarning turlari, bayon uslubi.2
- 18.Ilmiy matnning kompleks tahlili. Mutaxassislikka oid ilmiy matn tahlili va tahriri. Yozma ishlarda uchraydigan xatolar va ularni bartaraf etish yo‘llari.2
- 19.Badiiy matn haqida nazariy ma’lumot. Badiiy matnning o‘ziga xos xususiyatlari, estetik vazifalari. Badiiy matnda ma’no va mazmun2
- 20.So‘zning o‘z va ko‘chma ma’nolari. Matndagi metafora, metonimiya, sinekdoxa, vazifadoshlikning ishlatilishi.2
- 21.Nutqimiz ko‘rki. Iboralar va ularning turlari. Iboralarning uslubiy xususiyatlari. Iboralarning matnda qo‘llanilishi. Ijobiy va salbiy bo‘yoqli iboralar ishtirokida tasviriy matn yaratish.2
- 22.Yozma ishlar. Hayotga munosabat haqida suhbat. Diktant, insho yozish. Tinish belgilari.2
- 23.O‘zbek tilining izohli lug‘ati. So‘zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlari bilan ishlash. Omonim, sinonim, antonim, paronim. Lug‘atlar bilan ishlash, ular vositasida matn yaratish.2
- 24.Kasbiy faoliyatda nutq madaniyati. Turli shevalarga xos so‘zlarning qiyosiy jadvalini tuzish. O‘zbek tilining lahja va shevalari. Ixtisoslikka oid termin va atamalar bilan ishlash2
- 25.O‘zbek tili davlat tili sifatida. Davlat tilida ish yuritish fanining maqsad va vazifalari.2
- 26.Rasmiy uslub va uning umumiy xususiyatlari.Rasmiy uslub matniga tanlanadigan leksik, grammatik, sintaktik birliklar mazmuni.2
- 27.Hujjatlarning vazifasi.Hujjatlarda so‘z turkumlarining qo‘llanishi. Rasmiy matn tahlili ustida ishlash.2
- 28.Hujjat turlarida qoliplashgan, turg‘unlashgan brliklarning ishlatilishi.2
- 29.Sodda hujjatlar Murakkab hujjatlar. Hujjatning zaruriy qisimlari (rekvizit)ni o‘rganish.2
- 30.Farmoyish hujjatlari.Farmoyish hujjatlarining turlari,xususiyatlari. Buyruq, farmoyish, ko‘rsatmalar bilan tanishish. Institut faoliyatiga va talabaning tahsil olish jarayoniga oid farmoyish hujjatlari bilan ishlash2
- 31.Maʼlumot-axborot hujjatlari. Maʼlumot-axborot hujjatlarining turlari, xususiyatlari. Аriza, tushuntirish xati, bildirishnoma2
- 32.Tashkiliy hujjatlar. Tashkiliy hujjatlarning turlari, xususiyatlari. Kasbiy faoliyatga oid shartnoma, nizom, yo‘riqnoma namunalarini yozish.2
- 33.Ma’lumotnoma, tarjimai hol, tavsifnoma, tavsiyanoma. Hujjatlarning xususiyatlari, zaruriy qismlari, tayyorlanish tartibi2
- 34.Majlis bayoni va majlis bayonidan ko‘chirmaning tuzilishi, tarkibiy qismlari. Kasbiy faoliyat bilan bogʼliq bayonnoma namunalarini tuzish. Bayonnomadan ko‘chirmani rasmiylashtirish bo‘yicha mashqlar2
- 35.Hujjatning tili va uslubi. Hujjat turlariga oid dars ishlanmasini tayyorlash.2
- 36.Rasmiy uslubning xususiyatlarini og‘zaki bayon qilish. Hujjat turlari bo‘yicha taqdimot nutqi tayyorlash2
Nazorat turlari (maksimal ball)
- Yakuniy nazorat 5
- Umumiy 5
- 1-oraliq nazorat 5
- 2-oraliq nazorat 5
Manba: HEMIS. Fan va mavzu nomlari HEMIS’dagidek (o‘zbek tilida). Adabiyotlar ro‘yxati va baholash mezonlari — kafedraning tasdiqlangan sillabusida.
O‘quv rejaga qaytish