— Tarix sahifalari —
Institut tarixi
2022-yildan buyon — pedagog kadrlar tayyorlash yo'lidagi muhim sanalar.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
PQ-289-son · 2022-yil 21-iyun
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-iyundagi PQ-289-son qaroriga muvofiq Guliston davlat universitetining pedagogika ta'lim sohasining bakalavriat ta'lim yo'nalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Guliston davlat pedagogika instituti tashkil etildi.
Qarorning 13-bandi beshinchi xatboshisida 2022/2023-o'quv yilida Guliston davlat universitetining pedagogika ta'lim sohasining bakalavriat ta'lim yo'nalishlari va ularning negizidagi tegishli magistratura mutaxassisliklari bo'yicha qabul qilingan talabalar o'qishlarini Guliston davlat pedagogika institutida boshlashi belgilab qo'yilgan.
Vaqt chizig'i
21 iyun 2022Institut tashkil etildiO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-289-son qaroriga muvofiq Guliston davlat universitetining pedagogika ta’lim sohasidagi bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Guliston davlat pedagogika instituti tashkil etildi.- 2022/2023-o‘quv yiliBirinchi o‘quv yiliTalabalar institutda o‘qishni boshladi: 19 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va 13 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha.
- 5 sentabr 2022Tantanali ochilish marosimiInstitutning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, birinchi talabalar qabul qilindi. Marosimni rektor vazifasini bajaruvchi A.A. Qalandarov ochdi (u institutga 2023-yil sentabrgacha rahbarlik qildi). Marosimda Oliy Majlis Senati a’zosi U. Sotiboldiyev, shahar rahbariyati, faxriylar, professor-o‘qituvchilar, talabalar va ularning ota-onalari ishtirok etdi.Manba
23 sentabr 2022Birinchi xalqaro shartnoma — Siktivkar davlat universitetiRossiya Federatsiyasining Pitirim Sorokin nomidagi Siktivkar davlat universiteti bilan hamkorlik shartnomalari imzolandi.Manba
16 dekabr 2022Shimkent universiteti bilan memorandumQozog‘istonning Shimkent universiteti bilan hamkorlik memorandumi imzolandi: bakalavriat, keyinroq magistratura bo‘yicha ilmiy-uslubiy hamkorlik va qo‘shma xalqaro anjumanlar.Manba
9 mart 2023«Sayhun ilmiy axborotnomasi» tashkil etildiInstitutning ilmiy-uslubiy jurnali tashkil etildi. Birinchi soni 2023-yil may oyida nashr qilindi.Manba
11 may 2023Quyosh elektr stansiyasiSport zali tomiga umumiy quvvati 50 kVt bo‘lgan 87 ta quyosh paneli o‘rnatildi.Manba
12 may 2023«WORLD EDU-2023» xalqaro ko‘rgazmasiSamarqanddagi ko‘rgazmada Urganch, Buxoro va Jizzax davlat pedagogika institutlari hamda Qozog‘istonning Shimkent oliy pedagogika kolleji bilan hamkorlik memorandumlari imzolandi.Manba- 2 iyun 2023Karlar jamiyati bilan memorandumInstitut O‘zbekiston Karlar jamiyati Sirdaryo viloyati hududiy bo‘limi bilan eshitish va nutqida nuqsoni bo‘lgan aholi qatlamlari bilan ishlash bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlik memorandumini imzoladi.Manba
- 23 iyun 2023Abituriyentlar uchun CALL-markazQabul jarayoniga oid savollarga tezkor javob berish uchun CALL-markaz va Maslahat markazi tashkil etildi.Manba
12 sentabr 2023Yangi rektor — J.X. Karshibayev11-sentabrda hukumat qarori bilan Karshibayev Jaxongir Xazratkulovich institut rektori etib tayinlandi. 12-sentabrda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov uni jamoaga tanishtirdi.Manba- 19 sentabr 2023Yangi futbol maydoni«Tashabbusli budjet» loyihasi asosida institutning bo‘sh turgan maydonida 20×40 m o‘lchamdagi sun’iy qoplamali futbol maydoni qurilib, foydalanishga topshirildi.Manba
18 oktabr 2023Clarivate bilan kelishuv«InnoWeek.uz-2023» haftaligi doirasida rektor J.X. Karshibayev va Clarivate xalqaro kompaniyasi vakili o‘rtasida kelishuv shartnomasi imzolandi.Manba
28 oktabr 2023Debretsen universiteti (Vengriya) bilan hamkorlikQS reytingida 671–680-o‘rindagi Debretsen universiteti bilan talaba va xodimlar almashinuvi, mehmon ma’ruzalari va yillik «Family and education» konferensiyasida ishtirok bo‘yicha kelishildi.Manba
10 dekabr 2023Al-Farobiy nomidagi Qozoq milliy universiteti bilan hamkorlikMemorandum doirasida Al-Farobiy nomidagi Qozoq milliy universiteti professorlari institutga tashrif buyurib, qozoq tili va xorijiy til yo‘nalishlari talabalari uchun mashg‘ulotlar o‘tkazdi.Manba
24 yanvar 2024Chavandozlar maktabi bilan memorandumO‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi huzuridagi Chavandozlar maktabi bilan ot sporti va yuqori malakali sport kadrlarini tayyorlash bo‘yicha memorandum imzolandi.Manba
14 fevral 2024Ekologiya bo‘yicha memorandumO‘zbekiston Ekologik partiyasi Sirdaryo viloyati kengashi bilan atrof-muhitni muhofaza qilish, iqlim o‘zgarishi va talabalar ekologik madaniyati bo‘yicha memorandum imzolandi.Manba7 may 2024Kasbga o‘qitish markazlariInstitutda kasbga o‘qitish markazlari tashkil etildi.Manba
16 may 2024Ilmiy konferensiyalar arxivi boshlandi«Mediamakonda axborot madaniyatini shakllantirishning ijtimoiy-falsafiy muammolari» konferensiyasi — konferensiya.gspi.uz arxividagi eng dastlabki to‘plam.Manba
21 may 2024Chotqol biosfera qo‘riqxonasi bilan memorandumChotqol davlat biosfera qo‘riqxonasi bilan memorandum imzolandi va shu kuni institut tadqiqotchilarining qo‘shma ilmiy ekspeditsiyasi tashkil etildi.Manba
5 iyun 2024Gwangju universiteti (Janubiy Koreya) bilan memorandumKoreya OTMlari delegatsiyasi tashrifidan so‘ng Gwangju universiteti bilan ta’lim va professor-o‘qituvchilar almashinuvi bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi.Manba
8 iyul 2024Yangi talabalar turar joyiga birinchi g‘ishtDavlat-xususiy sheriklik asosida 400 o‘rinli talabalar turar joyi qurilishida rektor va jamoatchilik ishtirokida birinchi g‘isht qo‘yildi.Manba- 28 avgust 2024«Sayhun» OAK ro‘yxatidaOAK Rayosatining 360/5-son qarori bilan jurnal pedagogika fanlari bo‘yicha dissertatsiya natijalarini chop etish tavsiya etilgan milliy ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritildi.Manba
- 6 sentabr 2024Sirdaryo Yoshlar texnoparki bilan memorandumTalabalarning texnoparkda o‘quv amaliyoti, InnoX dasturlari, IT, robototexnika, elektronika va til kurslarida ishtiroki yo‘lga qo‘yildi.Manba
19 dekabr 2024Yangi 400 o‘rinli talabalar turar joyi ochildiDavlat-xususiy sheriklik asosida barcha qulayliklarga ega 400 o‘rinli ikkinchi talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi.Manba
2022/2023-o'quv yilidagi birinchi yo'nalishlarQarorga ko'ra shu yo'nalishlarda qabul qilingan talabalar o'qishni institutda boshladi. · 19 + 13
Bakalavriat (kunduzgi)
- 60110100Pedagogika
- 60110200Maktabgacha ta’lim
- 60110500Boshlang‘ich ta’lim
- 60540100Matematika
- 60540200Amaliy matematika
- 60110700Fizika
- 60111000Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari
- 60111200Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi
- 60111300Musiqa ta’limi
- 60111400O‘zbek tili va adabiyoti
- 60111500Ona tili va adabiyoti: qozoq tili va adabiyoti
- 60111700O‘zga tilli guruhlarda rus tili
- 60111800Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili
- 60112100Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi
- 60112200Jismoniy madaniyat
- 60530100Kimyo
- 60510100Biologiya
- 60220300Tarix
- 60112300Texnologik ta’lim
Magistratura
- 70110201Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim)
- 70110401Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim)
- 70110102Pedagogika
- 70111201Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi
- 70110501Tasviriy san’at
- 70220303Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi (tarix)
- 70111101Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi (ma’naviyat asoslari)
- 70111102Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi (huquq ta’limi)
- 70610105Ta’limda axborot texnologiyalari
- 70510105Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (biologiya)
- 70530104Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (kimyo)
- 70530203Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (geografiya)
- 70110901Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)
Institut haqida film
Bugun
- talaba
- 6 310
- talaba
- fakultet
- 4
- fakultet
- kafedra
- 11
- kafedra
- ta'lim yo'nalishi va mutaxassislik
- 33
- ta'lim yo'nalishi va mutaxassislik

