🌳Guliston davlat pedagogika instituti tomonidan “Ziyolilar bog‘i”ni tashkil etish ishlari avjida!
4 ko'rildiYashil institut
🌳Guliston davlat pedagogika instituti tomonidan “Ziyolilar bog‘i”ni tashkil etish ishlari avjida!
🗣 Guliston davlat pedagogika instituti rektori boshchiligida institut jamoasi “Ziyolilar bog‘i” hududida ko‘chat ekish va bog‘ barpo etish ishlarini jadal davom ettirmoqda.
✅ Fidoyi jamoa a’zolari bir yoqadan bosh chiqarib, bog‘ni yanada go‘zal va yashil maskanga aylantirish yo‘lida jonbozlik ko‘rsatishmoqda.
🌱Tabiatni asrash, atrof-muhitni obodonlashtirish va yosh avlodga yashil muhit yaratish – bu nafaqat bugunning, balki kelajak avlod oldidagi burchimizdir! “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ushbu ishlar har bir ishtirokchiga faxr va iftixor bag‘ishlamoqda.


