Asosiy mazmunga o'tish

Xalqaro grant va loyihalar

2024-yil boshida, ushbu yil davomida Guliston davlat pedagogika institutining xorijiy investitsiya va grant mablag‘larini jalb qilish yuzasidan manzilli ro‘yxat ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Ushbu ro‘yxat choraklarga ajratilgan bo‘lib, unda bir qator xorijiy donor tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan holda ta’lim sohasiga oid investitsiya va grantlar jalb qilish belgilab olingan. Jumladan, 2024-yilning 1-choragi davomida American Center in Tashkent (ACT) va AQSh ning O‘zbekistondagi elchixonasi kabi tashkilotlar bilan hamkorlikda institutning ARM bazasini ingliz tilidagi kitoblar bilan boyitish ko‘zda tutilgan edi. Muzokaralar natijasida, umumiy qiymati 590 AQSH dollariga baholangan 100 dona ingliz tilidagi kitoblar jalb qilish uchun tomonlar o‘rtasida shartnoma imzolandi hamda ushbu kitoblar institut talabalari ixtiyoriga topshirildi. Shuningdek, 2024-yil davomida Janubiy Koreyaning Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) donor tashkiloti bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan. Ushbu tashkilot tomonidan taqdim etilgan World Friends Korea dasturi orqali volontyor mutaxassis jalb qilish uchun ariza shakli institut ehtiyojlaridan kelib chiqan holda to‘ldirilib Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga KOICA bosh ofisiga yuborish uchun taqdim etildi. Ushbu dastur orqali jalb qilinadigan mutaxassis uchun xarid qilinadigan zarur jihozlar va texnologiyalar uchun KOICA donor tashkiloti tomonidan grant mablag‘lari ajratilishi ko‘zda tutilgan. Manzilli ro‘yxatning keyingi qismlarida Qozo‘gistonning Al-Farobiy nomidagi Qozoq milliy universiteti bilan o‘zaro professor-o‘qituvchilar almashinuvi hamkorlik orqali grant va investitsiyalarni o‘zlashtirish, bundan tashqari, TIKA (Turk hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi) xorijiy donor tashkilotidan investitsiya va grant mablag‘larini o‘zlashtirish maqsadida, “Institutning raqamli o‘quv platformalari hamda IT infratuzilmasini yangilash, ta’lim samaradorligini yaxshilash uchun texnologiyadan foydalanish” kabi tashabbuslarni ko‘zda tutadigan loyiha va dasturlar ishlab chiqilib TIKA ning O‘zbekistondagi offisiga taqdim etilishi rejalashtirilgan.

Yangilangan: 21 oktabr 2026