Ilm bilan erishilgan yutuq
“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”
Ana shu ezgu shior ostida nishonlanayotgan O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan so‘nggi o‘n yilda respublikamizning turli hududlarida ilm-fan rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan olimlarning ilmiy yo‘li, izlanishlari va yutuqlariga bag‘ishlangan intervyular turkumini e’lon qilishni boshlaymiz.
Loyihamizning ilk qahramoni — Guliston davlat pedagogika instituti dotsenti, biologiya yo‘nalishida samarali ilmiy faoliyat olib borayotgan yosh olim Zafarjon Maxmudjonov.
Uning ilmiy izlanishlari quruqlik mollyuskalarining taksonomiyasi, bioxilma-xilligi va molekulyar filogenetikasini o‘rganishga bag‘ishlangan. Olim tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijasida qariyb 40 ta ilmiy maqola va tezis respublika hamda xalqaro ilmiy nashrlarda chop etilgan.
Olim ayni damda nufuzli Animal and Veterinary Sciences (AVS) xalqaro jurnalining retsenzenti sifatida faoliyat yuritmoqda.
U 2026-yilda “Akademik harakatchanlik” tanlovida g‘olibi bo‘ldi. Shuningdek, “O‘zbekiston uchun 100 g‘oya” tanlovi sovrindori sanaladi.
Yangilangan: 23 oktabr 2026