Talabalar turar joyi
Rahbariyat topshirig‘iga asosan Ishchi guruh tuzilib, Guliston pedagogika instituti Talabalar turar joyi (TTJ)ga bo‘lgan ehtiyoj o‘rganildi. Institut 400 o'ringa ega talabalar turar joyiga ega. Shundan 200 o'rin Pedagogika fakulteti talabalariga, 200 ta o'rin esa Ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti talabalariga ajratilgan. Hozirda yotoqxonada 225 ta 1-kurs talabalari, 106 ta 2-kurs talabalari va 69 ta 3-kurs talabalari yashayapti. TTJda 4 ta oshxona, kutubxona, 4 ta kir yuvish va dazmollash xonalari, 4 dan ortiq yuvinish xonalari, xojatxonalar foydalanishga berilgan. Sanitariya – gigiyena va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish hamda talaabalar xavfsizligini taʼminlash choralari ko‘rilgan. Jumladan, dizenfeksiya qilingan va o‘t o‘chirish vositalari texnik ko‘rikdan o‘tkazilgan. Muhandislik-kommunikatsiya tizimi bilan taʼminlangan, kommunal hisob-kitoblar o‘z vaqtida amalga oshirilgan. Yuvinish xonalari, xojatxonlar, o‘quv zallari, kutubxonalar, sport zali talabalar uchun tayyor holatda, besh tashabbus to‘garaklari yo‘lgaa qo‘yilgan. Tarbiyachi-pedagoglar tomonidan o‘quv yili uchun chora-tadbirlar ish rejalari ishlab chiqilib rahbariyat tomonidan tasdiqlangan bo‘lib, TTJda tarbiyachi-pedagoglar ish faoliyatlari tashkil etilgan. TTJga joylashtirish bo‘yicha institut rektorining buyrug‘i chiqarilgan va buyruqqa asosan Ishchi guruh tuzilgan. TTJga joylashtirish bo‘yicha tartib ishlab chiqilgan va tartibga amal qilingan holda shaffoflik taʼminlangan. Bundan tashqari, Ishchi guruhning ayol aʼzolari tomonidan xotin-qizlarga turar joy ajratish masalasi alohida ko‘rib chiqilishi yo‘lga qo‘yilgan. TTJga joylashtirishda birinchi navbatda, chin yetim, boquvchisini yo‘qotgan, kam taʼminlangan, “Temir daftar”ga kiritilgan, I va II guruh nogironlari, , oilasida ikki yoki undan ortiq farzandi kontraktda o‘qiyotgan hamda 1 - kurs talabalariga ustuvorlik berilgan. TTJda yashaganlik uchun to‘lov miqdori institut Kengashi tomonidan ko‘rib chiqilib bir oyga 170 000 (bir yuzi yitmish ming) so‘m qilib belgilangan. To‘lovlar bo‘yicha ayrim ijtimoiy guruhga kiruvchi talabalarni (ko‘z kasalliklari bo‘yicha 1 va 2-guruh nogironlari, chin yetim yoki yetim, Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari, kam taʼminlangan talabalar va hk.) rektor buyrug‘iga asosan to‘lovdan ozod qilingan.



Yangilangan: 21 oktabr 2026