Ilmiy faoliyati
Doktoranturaga quyidagilarga ega bo‘lganlar qabul qilinadi:
− fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoxud ularga tenglashtirilgan xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalar;
− fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi yoxud ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar olgandan so‘ng muhim ilmiy yutuqlarga erishish, shu jumladan, fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida uchta ilmiy maqolaga hamda ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va tegishli ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy ishlar to‘plamlarida kamida ikkita tezisga ega bo‘lish.
Doktoranturada o‘qishga talabgorlar ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasalariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
- ariza;
- qisqacha biografik ma’lumotnoma;
- mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
- oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bo‘lganligi to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
- tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi;
- nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari.
- xorijiy tillardan milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat, bunda filologiya yoʻnalishlari boʻyicha kamida C1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat, nofilologik yoʻnalishlar boʻyicha esa B2 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat.
Hujjat topshirish: https://daraja.ilmiy.uz/
Guliston davlat pedagogika institutida oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli tayanch doktorantura (PhD), doktorantura (DSc), stajor tadqiqotchilikka 2025-yil qabul uchun ixtisosliklarning imtihon dasturlari.
- 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar boʻyicha)
- 10.00.06-Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik
- 05.01.07 - Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui
- 07.00.01 - Oʻzbekiston tarixi
- 13.00.06 - Elektron ta’lim nazariyasi va metodikasi (ta’lim sohalari va bosqichlari boʻyicha)
- 23.00.03 - Siyosiy madaniyat va mafkura
2025-yil uchun Guliston davlat pedagogka institutiga oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli tayanch doktorantura (PhD), doktorantura (DSc) va stajyor tadqiqotchilikka kirish uchun ixtisosliklar kesimida tasdiqlangan imtixon savollari.
- 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar boʻyicha)
- 10.00.06-Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik
- 05.01.07 - Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui
- 07.00.01 - Oʻzbekiston tarixi
- 13.00.06 - Elektron ta’lim nazariyasi va metodikasi (ta’lim sohalari va bosqichlari boʻyicha)
- 23.00.03 - Siyosiy madaniyat va mafkura
Yangilangan: 21 oktabr 2026