Talabalar butunjahon tozalik kunida faol ishtirok etdilar

19-sentabr — Butunjahon tozalik kuni munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda Guliston davlat pedagogika instituti talabalari faol ishtirok etdilar.
Tadbir davomida talabalar hududni chiqindilardan tozalash va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirdilar. Mazkur tadbir yoshlarning ekologik madaniyatini yuksaltirish, atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatini mustahkamlashga xizmat qildi.
Faol ishtirok etgan talabalar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.





