Asosiy mazmunga o'tish

Sunʼiy qoplamali futbol maydoni ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

97 ko'rildi

#Tashabbusli_budjet

Bugun 19-sentabr kuni Guliston davlat pedagogika institutida  yangi sunʼiy qoplamali futbol maydoni ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ya’ni, institutning bo‘sh turgan maydonidan 20x40 o‘lchamdagi sun’iy qoplamali futbol maydonini qurish ishlari yakunlanib, foydalanishga topshirildi.

Ma’lumot o‘rnida, bo‘sh turgan maydon jamoatchilik fikri orqali hududlardagi ijtimoiy muammolarni hal qilishga mo‘ljallangan “Tashabbusli budjet” loyihasida g’olib deb topildi va  byudjet mablag'lari hisobidan talabalar uchun zamonaviy futbol maydoniga aylantitildi. Bundan tashqari mablag' hisobidan vorkaut maydoni ham tashkil etildi.

 Ochilish marosimida GulDPI Oʻquv ishlari bo‘yicha prorektori   A. Qalandarov   ishtirok etdi.

Albatta, mazkur zamonaviy futbol maydoni  talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va  futbol, mini-futbolni yanada ommalashtirishga xizmat qiladi.

GulDPI Axborot xizmati

Shu mavzuda