3 ta bino · 1 200 o‘rin
Talabalar turar joyi
Institutning uchta talabalar turar joyida 1 200 o‘rin bor. Joylashish uchun ariza my.gov.uz orqali onlayn yuboriladi — imtiyozli toifadagi talabalar birinchi navbatda joylashtiriladi.
- o‘rin
- 1 200
- o‘rin
- talaba yashaydi
- 1 020
- talaba yashaydi
- band
- 85%
- band
Yashovchilar soni — HEMIS ma’lumoti, har oy yangilanadi
Binolar
- 400 o‘rin
1-bino
Institut tasarrufidagi talabalar turar joyi
400 o‘rin
400 o‘rin3-bino
Institut hududida, davlat-xususiy sheriklik asosida qurilgan
2026-yil 24-avgustda ochilgan
Ochilish haqida
Kimlar yashaydi
Kurs bo‘yicha
- 1-kurs280
- 2-kurs395
- 3-kurs225
- 4-kurs119
- 5-kurs1
Fakultet bo‘yicha
- Tillarni o‘qitish fakulteti353
- Pedagogika fakulteti269
- Aniq va tabiiy fanlar fakulteti187
- Gumanitar fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti145
- Magistratura bo‘limi66
Qanday joylashaman?
Ariza faqat onlayn — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali. Davlat xizmati uchun to‘lov olinmaydi.
- 1
OneID bilan kiring
my.gov.uz portaliga OneID orqali kiring.
- 2
Xizmatni tanlang
«Talabalar turar joyiga joylashtirish» xizmatida institutni ko‘rsatib, ariza yuboring.
- 3
Navbatni kuzating
Ariza holati va navbatdagi o‘rningiz shaxsiy kabinetda ko‘rinadi.
- 4
Shartnoma va yo‘llanma
Ariza qabul qilingach, elektron shartnoma va yo‘llanma beriladi — shartnomadagi to‘lovni amalga oshirasiz.
- 5
Joylashing
To‘lovdan so‘ng vaqtincha ro‘yxatga olish avtomatik rasmiylashtiriladi — yo‘llanma bilan TTJga keling.
- Ariza muddati
- Har yili 1-avgustdan o‘quv yili oxirigacha
- Umumiy navbatdagi o‘rinlar
- 1-kurs — 55–65%, 2-kurs — 15–20%, 3-kurs va yuqori — 20–25%
- Yashash to‘lovi
- Elektron shartnomada ko‘rsatiladi
Kimlar birinchi navbatda joylashtiriladi
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 376-son qarori bo‘yicha imtiyozli ro‘yxat. Qolgan o‘rinlar umumiy navbat asosida taqsimlanadi.
- «Mehribonlik uylari» tarbiyalanuvchilari, yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talabalar
- Ijtimoiy reyestr, «Temir daftar» va «Ayollar daftari»ga kiritilgan oilalar farzandlari hamda «Yoshlar daftari»dagi talabalar
- I va II guruh nogironligi bo‘lgan talabalar
- Bir oiladan ikki yoki undan ortiq farzandi bakalavriat kunduzgi ta’limida to‘lov-shartnoma asosida o‘qiyotgan oilalar farzandlari
- Xalqaro va respublika fan olimpiadalari g‘oliblari
- «Yil talabasi» va «Talabalar teatr studiyalari» respublika bosqichi g‘oliblari
- «Zakovat» intellektual o‘yini respublika bosqichi g‘oliblari
- TTJ talabalar kengashi raisi va qavat sardorlari
Sharoitlar
- Jihozlangan yotoq xonalar
- Maishiy texnikali oshxonalar
- Kutubxona va o‘quv xonalari
- Fitnes zali, stol tennisi, shaxmat-shashka
- Kir yuvish va dazmollash xonalari
- Ma’naviyat va ma’rifat xonasi
- Tarbiyachi-pedagoglar va «Besh tashabbus» to‘garaklari
- Yong‘in xavfsizligi va qo‘riqlash

Yotoq xona 
Oshxona 
Kutubxona 
Kompyuter xonasi 
Ma’naviyat burchagi 
Dam olish zali
Mas’ul xodim

Hujjatlar
Yangiliklar
Turar joy va ijara xonadonlaridagi talabalar hayoti, xavfsizlik va sharoitlar monitoringi.

Ijara xonadonlaridagi şaroitlar örganilmoqda!

Talabalar eʼtiborda: ijara xonadonlarida xavfsizlik va qulaylik örganildi.

Talabalarning ijara xonadonlari doimiy e‘tiborda

Ijara xonadonlarida talabalar xavfsizligi o‘rganildi

Talabalar turar joylarida sharoit, xavfsizlik va tartib-intizom — doimiy e’tiborda

Auditoriyadan ijara xonadonigacha — talabalar yashash sharoiti rahbariyat nazoratida