Asosiy mazmunga o'tish

Mustaqillik bayrami arafasida talabalarga munosib tuhfa

1 ko'rildiTalabalar turar joyi
Mustaqillik bayrami arafasida talabalarga munosib tuhfa

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi arafasida Guliston davlat pedagogika institutida talaba-yoshlar uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan yangi maskan — zamonaviy talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi.

Institut hududida davlat-xususiy sheriklik asosida bunyod etilgan 400 o‘rinli yangi talabalar turar joyining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur maskan — shunchaki bino emas, balki yoshlarning kelajagi, ilmga bo‘lgan intilishi va katta maqsadlari sari dadil qadam tashlashi uchun yaratilgan qulay va zamonaviy muhitdir.

Yangi talabalar turar joyida talabalarning munosib yashashi, sifatli ta’lim olishi, ilmiy izlanish olib borishi, ijodiy va intellektual salohiyatini rivojlantirishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratildi.

Bugungi kunda yoshlar uchun yaratilayotgan bunday imkoniyatlar — mustaqil O‘zbekistonning kelajakka bo‘lgan ishonchi, ta’lim va ilm-fanga qaratilayotgan yuksak e’tiborining yorqin ifodasidir.

Yangi talabalar turar joyi talaba-yoshlarimizga muborak bo‘lsin! Ushbu maskan yoshlarimizning bilim olishi, ilmiy izlanishi va kelajakdagi ulkan yutuqlari uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilsin.

Mustaqillik bayrami arafasida talabalarga munosib tuhfa — 2Mustaqillik bayrami arafasida talabalarga munosib tuhfa — 3Mustaqillik bayrami arafasida talabalarga munosib tuhfa — 4Mustaqillik bayrami arafasida talabalarga munosib tuhfa — 5Mustaqillik bayrami arafasida talabalarga munosib tuhfa — 6Mustaqillik bayrami arafasida talabalarga munosib tuhfa — 7Mustaqillik bayrami arafasida talabalarga munosib tuhfa — 8Mustaqillik bayrami arafasida talabalarga munosib tuhfa — 9Mustaqillik bayrami arafasida talabalarga munosib tuhfa — 10

Shu mavzuda