Yangi o‘quv yili — yangi marralar sari!

Bugun, 2-sentabr kuni Boyovut tumanidagi 4-sonli umumta’lim maktabida yangi 2026/2027-o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali ravishda o‘tkazildi.
Tadbirda Guliston davlat pedagogika instituti rektori J.X.Karshibayev ishtirok etib, maktab jamoasi, o‘quvchilar hamda ota-onalarni yangi o‘quv yili bilan samimiy muborakbod etdi. Tantanali tadbir davomida 1-sinfga ilk qadam qo‘ygan o‘quvchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovg‘alari topshirildi.Shuningdek, yosh avlodning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning bilim va dunyoqarashini yanada boyitish maqsadida maktab kutubxonasiga badiiy va ma’rifiy adabiyotlar to‘plami sovg‘a qilindi.
Tadbir davomida yosh avlodning sifatli ta’lim olishi, ularni Vatanga muhabbat, yuksak ma’naviyat va ezgu qadriyatlar ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning ahamiyati alohida ta’kidlandi.
Yangi o‘quv yili barcha ustoz-murabbiylar va o‘quvchilar uchun yangi imkoniyatlar, ulkan yutuqlar va yuqori natijalar yili bo‘lsin!











