Asosiy mazmunga o'tish

Mustaqillik bayramida talabamizning yorqin ijrosi

0 ko'rildi
Mustaqillik bayramida talabamizning yorqin ijrosi

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan viloyatimiz markazida bo‘lib o‘tgan bayram tantanasida institutimizning Gumanitar fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti “Musiqa ta’limi” yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Ro‘ziyeva Munisa “Yangi O‘zbekiston yoshlari” qo‘shig‘ini mahorat bilan ijro etdi.

Talabamizning viloyat miqyosidagi tantanali tadbirda o‘z iste’dodi va sahna mahoratini namoyon etgani institutimiz uchun faxrli va quvonarli voqea bo‘ldi.

🎵Talabamiz ijrosidagi “O‘zbekiston mushtarak” qo‘shig‘ini siz ham tinglab, bahramand bo‘ling!

▶ Videoni Telegram kanalida ko‘rish

Shu mavzuda