Yangi o‘quv yiliga eng munosib tuhfa — kitob
0 ko'rildi

Mustaqilligimizning 35 yilligi va yangi o‘quv yili munosabati bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan ilgari surilgan “Jonajon maktabimga kitob sovg‘a qilaman” tashabbusi doirasida institutimiz magistranti Mirzaqobilova Sarvinoz o‘zi tahsil olgan maktab kutubxonasi fondini sara kitoblar bilan boyitdi.
Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi yo‘nalishi magistrantining mazkur xayrli tashabbusi yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda bilimli va ma’naviy yetuk avlodni tarbiyalashga xizmat qiladi.




