Talabalar turar joylarida sharoit, xavfsizlik va tartib-intizom — doimiy e’tiborda

🤩Guliston davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti dekani
Sh. Norqulov, dekan o‘rinbosarlari va guruh tyutorlari ishtirokida davlat-xususiy sheriklik asosida qurilgan talabalar turar joylarida talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda talabalarga yaratilgan yashash sharoitlari, odob-axloq me’yorlariga rioya etish, ichki tartib-intizomni mustahkamlash hamda mavjud muammolarni o‘rganish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Talabalarning taklif va murojaatlari tinglanib, ularning ehtiyojlariga e’tibor qaratildi.
Muloqot davomida qulay va xavfsiz yashash muhiti talabalarning sifatli ta’lim olishi, mustaqil tayyorgarligi va mazmunli dam olishi uchun muhim omil ekaniga urg‘u berildi. Turar joylarda o‘zaro hurmat, shaxsiy mas’uliyat va belgilangan qoidalarga rioya etish sog‘lom ijtimoiy muhitning asosiy sharti sifatida qayd etildi.






