Auditoriyadan ijara xonadonigacha — talabalar yashash sharoiti rahbariyat nazoratida

🤩Guliston davlat pedagogika instituti Tillarni o‘qitish fakulteti dekani, dekan o‘rinbosarlari hamda tyutorlar tomonidan ijara xonadonlarida istiqomat qilayotgan talabalarning yashash sharoitlari o‘rganildi.
Mazkur tashrif doirasida talabalar istiqomat qilayotgan xonadonlardagi mavjud sharoitlar bilan bevosita tanishildi. Talabalarning munosib muhitda yashashi va darslarga tayyorlanishi uchun sharoitlarning ahamiyatiga e’tibor qaratildi.
Talabalarning yashash sharoitlarini o‘rganish — ta’lim jarayoniga mas’uliyatli yondashuvning uzviy qismi. Zero, ta’lim samaradorligi nafaqat auditoriyadagi mashg‘ulotlar, balki talabaning kundalik turmush muhiti bilan ham bog‘liq.
Talabaning ta’limi, yashash sharoiti va kelajagiga mas’uliyat — institut faoliyatining ustuvor vazifalaridan biridir.








