Asosiy mazmunga o'tish

“Yoshlar giyohvandlikka qarshi!” Mavzusida psixologik trening o‘tkazildi

0 ko'rildi
“Yoshlar giyohvandlikka qarshi!” Mavzusida psixologik trening o‘tkazildi

🤩Guliston davlat pedagogika instituti Pedagogika fakultetida Pedagogika yo‘nalishining 1-26-guruh talabalari uchun “Yoshlar giyohvandlikka qarshi!” mavzusida amaliy psixologik trening tashkil etildi.

Treningni institut psixologlari M. Xudoyqulova va Sh. Egamberdieva o‘tkazdi. Mashg‘ulotda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlarni zararli odatlardan asrash hamda giyohvandlikning oldini olish masalalariga e’tibor qaratildi.

Trening talabalarda giyohvandlik vositalari va psixoaktiv moddalarga nisbatan salbiy munosabatni shakllantirish, stressni boshqarish hamda salbiy ta’sirlarga qarshi turish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratildi.

“Yoshlar giyohvandlikka qarshi!” Mavzusida psixologik trening o‘tkazildi — 2

Shu mavzuda