“Chorshanba — sport kuni”shaxmat va shashkada qizg‘in raqobat!
0 ko'rildi

🤩Guliston davlat pedagogika instituti fakultetlarida “Chorshanba — sport kuni” doirasidagi musobaqalar qizg‘in davom etmoqda.
Pedagogika fakulteti professor-o‘qituvchilari va tyutorlari shaxmat hamda shashka bo‘yicha o‘zaro bellashmoqda. Har bir yurish diqqat, hisob-kitob va puxta qarorni talab etadigan o‘yinlarda ishtirokchilar o‘z mahoratini namoyon etmoqda.
Mazkur musobaqalar sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoada do‘stona muhitni mustahkamlash va intellektual sport turlariga qiziqishni oshirishga qaratilgan.




