Asosiy mazmunga o'tish

Chizmachilik II

ChizM209 · 4-semestr · 60110500 Tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi · 2025-yil qabuli

Kredit
5
Jami soat
150
Auditoriya
60
Turi
Majburiy
Fanlar bloki
Majburiy fanlar
Yakuniy nazorat shakli
Imtihon

Soatlar taqsimoti

  • Ma’ruza20 soat
  • Amaliy40 soat
  • Mustaqil ta’lim90 soat

Mavzular · 30

Ma’ruza · 20 soat

  1. 1.4-modul. Qurilish chizmachiligi. Qurilish chizmalari haqida umumiy ma’lumotlar. Qurilish chizmalarining o‘ziga xos xususiyatlari, bino turlari va qurilish norma hamda yo‘riqnomalar haqida qisqacha ma’lumotlar. Arxitektura-qurilish chizmalarini grafik taxt qilishning umumiy qoidalari.2
  2. 2.Binoning asosiy tarkibiy qismlari va me’moriy elementlari haqida ma’lumotlar. Bino elementlari va ayrim sanitar-texnik qurilmalarning shartli tasvirlari, qurilish materiallarining grafik belgilanishi.2
  3. 3.Bino plani, fasadi va qirqimi. Bino plani, fasadi va qirqimini bajarish bosqichlari, undagi soddalashtirishlar haqida tushuncha.2
  4. 4.Bosh plan chizmalari. Bosh planlarning topografik asoslari. Bosh planlar chizmalarining mazmuni va ularni taxt qilish.2
  5. 5.Qurilish qurilmalarining chizmalari. Beton va temir-beton qurilmalarining chizmalari. O‘zak (armatura) mahsulotlari va temir-beton qurilmalar elementlarining shartli tasvirlari. Temir-beton qurilmalar chizmalarini taxt qilishning umumiy qoidlari. Monolit (yaxlit) va yig‘ma temir-beton qurilmalar elementlarining chizmalari.2
  6. 6.Metall qurilmalarining chizmalari. Yog‘och qurilmalarining chizmalari. Metal va yog‘och maxsulotlar elementlarining shartli tasvirlari. Yog‘och qurilmalar chizmalarini taxt qilishning umumiy qoidalari. Yog‘ochdan tayyorlangan qurilma va tugun (uzel)larning chizmalari.2
  7. 7.5-modul. Topografik chizmachilik. 32-mavzu. Sonlar bilan belgilangan proyeksiyalar. Nuqta va to‘g‘ri chiziqni son belgili proyeksiyada tasvirlash. To‘g‘ri chiziqlarni interpolyatsiyalash, uning intervali va qiyaligi. Ikki to‘g‘ri chiziqning proyeksiyalari. Tekisliklarning berilishi. Tekislikning asosiy chiziqlari. Tekislikda nuqta va to‘g‘ri chiziqning vaziyatini aniqlash.2
  8. 8.Son belgili proyeksiyada geometrik sirtlarni tasvirlash. Ko‘pyoqliklar proyeksiyalari. Aylanish sirtlari proyeksiyalari. Sirtlarni toʻgʻri chiziq va tekislik bilan kesishishi.2
  9. 9.Topografik sirtlar. Topografik sirtlarda nuqta va chiziqlar tanlash. Topografik sirtlar bilan tekisliklarning kesishishi. Topografik sirtning profili. Tabiiy еr va qurilish maydonchasi. Maydoncha va apparelni chizish.2
  10. 10.Topografik xaritalar tuzish. Topografik xarita tuzish. Xaritalar tuzish masshtablari. Topografik xarita tuzishga oid shartli belgilarni bajarish.2

Amaliy · 40 soat

  1. 1.Bino elementlari.2
  2. 2.Koordinasion o‘qlar va qurilish chizmalariga o‘lcham qo‘yish. Yagona modul tizimi.2
  3. 3.Bino va inshoatlar elementlarining shartli tasvirlari. Eshik va derazalarning shartli tasvirlari. Isitish pechlari, suv isitgichlar, isitish qozonlari, oshxona plita va sovutgichlarning shartli grafik belgilari.2
  4. 4.Yopma va chordoq to‘sinlari elementlarining joylashish sxemalari haqida tushuncha. Bino poydevori va tomi planlari chizmalari.2
  5. 5.Bino planlari (qavatlar, poydevor, pol, devor va pardevorlar, tepadon va ora yopmalar, tom, zinapoya) chizmalari haqida umumiy ma’lumotlar.2
  6. 6.Bino fasadi chizmasini bajarish. Fasad turlari. Fasadda o‘lcham qo‘yish va boshqa ma’lumotlarni keltirish tartibi. Bino fasadi chizmasini tush yoki bir rangli akvarel bo‘yog‘i bilan yuvib bo‘yash usuli.2
  7. 7.Bino qirqimi chizmalari: binoning me’moriy va konstruktiv qirqimlari chizmalari. Bino qirqimi chizmasini bajarish tartibi.2
  8. 8.Zinapoya chizmasini planda va qirqimda bajarish.2
  9. 9.Bosh plan chizmalarini bajarish. Shartli topografik belgilar. Bosh plan chizmalarining mazmuni va ularni taxt qilish tartibi.2
  10. 10.Beton va temir-beton qurilmalarining chizmalari. Temir-beton qurilma tugunining aksonometrik proeksiyasini bajarish.2
  11. 11.Metal qurilmalarining chizmalari. Metal qurilma tugunining aksonometrik proeksiyasini bajarish.2
  12. 12.Yog‘och qurilmalarining chizmalari. Yog‘och qurilma tugunining aksonometrik proeksiyasini bajarish.2
  13. 13.To‘g‘ri chiziq kesmasining uzunligi va izini aniqlash. To‘g‘ri chiziqni darajalash.2
  14. 14.Ikki tekislikning o‘zaro kesishishi. Parallel tekisliklar. To‘g‘ri chiziq bilan tekislikning kesishishi. To‘g‘ri chiziq va tekislikning o‘zaro perpendikulyarligi va paralleligi.2
  15. 15.Son belgili proyektsiyada metrik va pozitsion masalalar yechish.2
  16. 16.Nishab tekisliklarining o‘zaro kesishish chizig‘ini yasash. Nishab tekisliklarining apparellari.2
  17. 17.Qirrali va aylanish sirtlarning tekislik bilan kesishishi.2
  18. 18.Topografik sirtlarning tekislik bilan kesishishi. Topografik sirt profili. Topografik sirtning to‘g‘ri chiziq bilan kesishishi.2
  19. 19.Topografik sirt bilan nishab tekisliklarning kesishishi. Topografik sirt ustida qiyya yo‘l (apparel)li maydoncha qurishdagi tuproq ishlari chegarasini yasash2
  20. 20.Topografik xaritalar tuzish. Xaritalar tuzish masshtablari.2

Nazorat turlari (maksimal ball)

  • Yakuniy nazorat 5
  • Umumiy 5
  • 1-oraliq nazorat 5
  • 2-oraliq nazorat 5

Manba: HEMIS. Fan va mavzu nomlari HEMIS’dagidek (o‘zbek tilida). Adabiyotlar ro‘yxati va baholash mezonlari — kafedraning tasdiqlangan sillabusida.

O‘quv rejaga qaytish