Pragmalingvistika
PL 20105 · 1-semestr · 70110901 Xorijiy til va adabiyoti (Ingliz tili) · 2026-yil qabuli
- Kredit
- 5
- Jami soat
- 150
- Auditoriya
- 60
- Turi
- Tanlov
- Fanlar bloki
- Tanlov fanlar
- Yakuniy nazorat shakli
- Imtihon
Soatlar taqsimoti
- Ma’ruza30 soat
- Amaliy30 soat
- Mustaqil ta’lim90 soat
Mavzular · 60
Ma’ruza · 30 soat
- 1.Tilni paradigmalar asosida o‘rganish muammolari Paradigma tushunchasi. Tilni paradigmalar asosida o‘rganish masalalari. Til va faoliyat tushunchalarining o‘zaro bog‘liqligi. Antropotsentrik paradigma2
- 2.Zamonaviy tilshunoslikda fanlararo integratsiya. Tilshunoslikda inson omili. Zamonaviy tilshunoslikning asosiy yo‘nalishlari. Kommunikativ tilshunoslik, psixolingvistika, sotsiolingvistika, kognitiv tilshunoslik, etnolingvistika, neyrolingvistika, paralingvistika va lingvokulturologiya.2
- 3.Pragmalingvistika tilshunoslikning mustaqil sohasi sifatida Kommunikatsiya, pragmatika va konsepsiya tushunchalari. Funksional pragmalingvistika. Yashirin pragmalingvistika.2
- 4.Pragmatika va semiotik jarayon Pragmatika va semiotika munosabati. Ch. Pirs semiotik qarashlari. F. de Sossyur ta’limoti. Semiozis tushunchasi va uning tarkibi.2
- 5.Pragmalingvistika fanining obyekti va predmeti Til va faoliyat tushunchalarining o‘zaro bog‘liqligi. Lingvistik pragmatikaning tadqiqot obyekti, predmeti va asosiy vazifalari.2
- 6.Til tizimi va nutqiy faoliyat Til va nutq tushunchalari. Til va nutqning asosiy vazifalari. Til va nutq o‘rtasidagi farqlar.2
- 7.Muloqot tizimi va uning asosiy xususiyatlari Muloqot strukturasi va tizimi. Kommunikativ mazmun. Informativ mazmun. Yaxlitlik va tugallanganlik. Muloqotning geterogen xususiyati. Shaxs, vaziyat va lisoniy unsur.2
- 8.Diskurs va baholash faoliyati Baho tushunchasi va uning mohiyati. Baho va diskurs munosabati. Diskurs strukturasi va uning pragmatik xususiyatlari.2
- 9.Kommunikativ maqsad va baho Kommunikativ intensiya tushunchasi. Maqsad, mo‘ljal va niyat. Kommunikativ intensiya va baho munosabati. Nutq maqsadi va pragmatik ta’sir.2
- 10.Kommunikativ strategiya va taktika Kommunikativ strategiya va taktika tushunchalari. Kommunikativ maqsad va strategiya. Kommunikativ strategiyaning muloqot vaziyati bilan bog‘liqligi.2
- 11.Lingvistik pragmatikaning tilshunoslikning boshqa sohalari bilan aloqasi Lingvistik pragmatikaning boshqa lingvistik fanlar bilan bog‘liqligi. Lingvistik pragmatikaning shakllanishi va o‘rganilish tarixi.2
- 12.Lingvistik falsafa konsepsiyasi va pragmatik yo‘nalishlar Lingvistik falsafa tushunchasi. Pragmatika konsepsiyasi. Pragmalingvistikaning asosiy yo‘nalishlari va zamonaviy talqinlari.2
- 13.Nutq aktlari nazariyasi va uning pragmalingvistik talqini Nutq akti tushunchasi. Lokutiv, illokutiv va perlokutiv aktlar. J. Ostin va J. Serl qarashlari. Nutq aktlarining turlari va kommunikativ vazifalari2
- 14.Presuppozitsiya va implikatura pragmatik hodisa sifatida Presuppozitsiya tushunchasi va uning turlari. Implikatura va yashirin ma’no. H. P. Graysning hamkorlik tamoyili va kommunikativ maksimalari. Matnda yashirin mazmunning shakllanishi2
- 15.Deyksis va pragmatik kontekst Deyksis tushunchasi va uning pragmalingvistik xususiyatlari. Shaxs, makon, zamon, ijtimoiy va diskurs deyksisi. Deyktik birliklarning nutqiy vaziyat va kontekst bilan bog‘liqligi.2
Amaliy · 30 soat
- 1.Tilshunoslik paradigmalarini amaliy tahlil qilish. An’anaviy va antropotsentrik paradigmalarni misollar asosida qiyoslash.2
- 2.Zamonaviy tilshunoslik yo‘nalishlarini farqlash va qiyoslash. Psixolingvistika, sotsiolingvistika, kognitiv tilshunoslik, pragmalingvistika va boshqa yo‘nalishlarning xususiyatlarini tahlil qilish2
- 3.Pragmalingvistikaning asosiy tushunchalarini nutqiy misollar asosida tahlil qilish. Kommunikatsiya, pragmatika, kontekst va pragmatik ma’noni aniqlash.2
- 4.Semiotik birliklarni pragmatik jihatdan tahlil qilish. Belgi, ma’no, interpretatsiya va semiozis jarayonini misollar asosida o‘rganish.2
- 5.Pragmalingvistikaning obyekti va predmetini amaliy misollarda aniqlash. Til, faoliyat va nutqiy vaziyat o‘rtasidagi bog‘liqlikni tahlil qilish.2
- 6.Til va nutq munosabatini amaliy tahlil qilish. Til birliklarining real nutqiy vaziyatda voqelanishini aniqlash va izohlash.2
- 7.Muloqot tizimi va uning tarkibiy qismlarini tahlil qilish. So‘zlovchi, tinglovchi, vaziyat, mazmun va lisoniy vositalarning o‘zaro munosabatini aniqlash.2
- 8.Diskurs va baholash faoliyatini amaliy tahlil qilish. Turli matnlarda baholash vositalari va diskurs xususiyatlarini aniqlash.2
- 9.Kommunikativ maqsad va intensiyani aniqlash. Nutq namunalarida maqsad, niyat, mo‘ljal va pragmatik ta’sirni tahlil qilish.2
- 10.Kommunikativ strategiya va taktikalarni nutqiy vaziyatlar asosida tahlil qilish. Turli muloqot namunalarida strategiya va taktikalarning qo‘llanishini aniqlash.2
- 11.Pragmalingvistikaning boshqa tilshunoslik sohalari bilan aloqasini tahlil qilish. Pragmalingvistika va unga yaqin fanlar o‘rtasidagi umumiy va farqli jihatlarni qiyoslash.2
- 12.Lingvistik falsafa va pragmatik yondashuvlarni amaliy tahlil qilish. Pragmatik konsepsiyalarni muayyan nutqiy va matniy misollar asosida izohlash.2
- 13.Nutq aktlarini aniqlash va tahlil qilish. Lokutiv, illokutiv va perlokutiv aktlarni dialog hamda matn misollarida farqlash.2
- 14.Presuppozitsiya va implikaturani nutqiy misollar asosida aniqlash. Yashirin ma’no, kommunikativ maksimalar va hamkorlik tamoyilini tahlil qilish.2
- 15.Deyktik birliklarni pragmatik kontekstda tahlil qilish. Shaxs, makon, zamon, ijtimoiy va diskurs deyksisini misollar orqali aniqlash.2
Mustaqil ta’lim · 90 soat
- 1.Tilni paradigmalar asosida o‘rganish muammolari. Mavzu bo‘yicha ilmiy adabiyotlarni o‘rganish, an’anaviy va antropotsentrik paradigmalarni qiyosiy tahlil qilish.2
- 2.Antropotsentrik paradigma va uning asosiy xususiyatlari. Antropotsentrik yondashuvga oid ilmiy manbalarni konspektlashtirish va misollar asosida tahlil qilish.2
- 3.Zamonaviy tilshunoslikda fanlararo integratsiya. Zamonaviy lingvistik yo‘nalishlar o‘rtasidagi aloqalarni jadval yoki sxema ko‘rinishida yoritish.2
- 4.Pragmalingvistikaning shakllanishi va taraqqiyoti. Pragmalingvistika rivojiga hissa qo‘shgan olimlar qarashlarini o‘rganish va qisqacha ilmiy sharh tayyorlash.2
- 5.Pragmalingvistika tilshunoslikning mustaqil sohasi sifatida. Pragmalingvistikaning boshqa tilshunoslik yo‘nalishlaridan farqli va umumiy jihatlarini aniqlash.2
- 6.Pragmatika va semiotika munosabati. Ch. Pirs va F. de Sossyurning belgi haqidagi qarashlarini o‘rganish va qiyosiy tahlil qilish.2
- 7.Semiozis jarayoni va uning tarkibiy qismlari. Semiotik belgilarni kundalik va nutqiy vaziyatlar misolida tahlil qilish.2
- 8.Pragmalingvistikaning obyekti va predmeti. Ilmiy manbalar asosida pragmalingvistikaning tadqiqot obyekti, predmeti va vazifalarini yorituvchi tezis tayyorlash.2
- 9.Semantika va pragmatika munosabati. Semantik va pragmatik ma’no o‘rtasidagi farqlarni misollar asosida aniqlash va izohlash.2
- 10.Til tizimi va nutqiy faoliyat. Til va nutq tushunchalarini qiyoslash, ularning o‘zaro bog‘liqligini faktik materiallar asosida tahlil qilish.2
- 11.Nutqiy vaziyat va uning tarkibiy qismlari. Muayyan kommunikativ vaziyat tanlab, uning ishtirokchilari, maqsadi, joyi, vaqti va kontekstini tahlil qilish2
- 12.Nutqda shaxs omili. So‘zlovchi va tinglovchining yoshi, kasbi, ijtimoiy mavqei va boshqa omillarning nutqqa ta’sirini misollar asosida tahlil qilish.2
- 13.Muloqot tizimi va uning xususiyatlari. Muloqotning asosiy komponentlari va ularning o‘zaro munosabatini sxema asosida yoritish.2
- 14.Kommunikativ va informativ mazmun. Turli muloqot namunalarida kommunikativ hamda informativ mazmunni aniqlash va qiyoslash.2
- 15.Diskurs tushunchasi va uning turlari. Ilmiy, badiiy, siyosiy, kundalik yoki boshqa diskurs turlaridan namunalar tanlab, ularning xususiyatlarini tahlil qilish.2
- 16.Diskurs strukturasi. Tanlangan matn yoki dialogning diskursiv tuzilishini pragmalingvistik mezonlar asosida tahlil qilish.4
- 17.Diskurs va baholash faoliyati. Matnda ijobiy va salbiy baholash vositalarini aniqlash hamda ularning pragmatik vazifasini izohlash.4
- 18.Kommunikativ maqsad va intensiya. Turli nutq namunalarida so‘zlovchining maqsadi, niyati va mo‘ljalini aniqlash4
- 19.Kommunikativ maqsad va pragmatik ta’sir. Nutq orqali tinglovchiga ta’sir ko‘rsatish vositalarini faktik materiallar asosida tahlil qilish4
- 20.Kommunikativ strategiya va taktika. Muayyan dialog yoki suhbatda qo‘llanilgan kommunikativ strategiya va taktikalarni aniqlash.4
- 21.Nutq aktlari nazariyasi. J. Ostin va J. Serlning nutq aktlari haqidagi qarashlarini o‘rganish va konspekt tayyorlash.4
- 22.Lokutiv, illokutiv va perlokutiv aktlar. Badiiy yoki kundalik nutq namunalaridan misollar topish va ularni nutq aktlari turlariga ajratish4
- 23.Presuppozitsiya pragmatik hodisa sifatida. Matnlardan presuppozitsiyaga oid misollar tanlash, ularning yashirin mazmunini izohlash.4
- 24.Implikatura va Graysning hamkorlik tamoyili. Grays maksimalarini o‘rganish va ularning buzilishiga oid nutqiy misollarni tahlil qilish4
- 25.Deyksis va uning turlari. Shaxs, makon, zamon, ijtimoiy va diskurs deyksisiga oid misollar to‘plash va tasniflash4
- 26.Sotsiopragmatik va etnosotsiopragmatik tahlil asoslari. Turli ijtimoiy va madaniy muhitdagi muloqot xususiyatlarini qiyosiy tahlil qilish4
- 27.So‘z turkumlarining pragmatik xususiyatlari. Olmosh, undov, modal va taqlidiy so‘zlarning pragmatik vazifalarini misollar asosida tahlil qilish4
- 28.Badiiy matnning pragmatik tahlili. Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanidan tanlangan parcha asosida pragmatik tahlil tayyorlash.4
- 29.O‘zbek nasrida pragmatik vositalar. Abdulla Qahhor, Tohir Malik, Shukur Xolmirzayev yoki Tog‘ay Murod asarlaridan birini tanlab pragmatik tahlil qilish.4
- 30.Pragmalingvistik kompleks tahlil. Talaba tomonidan tanlangan matn yoki diskursni nutqiy vaziyat, shaxs omili, intensiya, strategiya, nutq akti, presuppozitsiya va deyksis jihatidan kompleks tahlil qilib, taqdimot tayyorlash.4
Nazorat turlari (maksimal ball)
- Yakuniy nazorat 5
- Umumiy 5
- 1-oraliq nazorat 5
- 2-oraliq nazorat 5
Manba: HEMIS. Fan va mavzu nomlari HEMIS’dagidek (o‘zbek tilida). Adabiyotlar ro‘yxati va baholash mezonlari — kafedraning tasdiqlangan sillabusida.
O‘quv rejaga qaytish