Asosiy mazmunga o'tish

Amaliy o‘zbek (rus) tili

O'RT104 · 2-semestr · 60111700 O‘zga tilli guruhlarda rus tili · 2023-yil qabuli

Kredit
6
Jami soat
180
Auditoriya
90
Turi
Majburiy
Fanlar bloki
Majburiy fanlar
Yakuniy nazorat shakli
Imtihon

Soatlar taqsimoti

  • Amaliy90 soat
  • Mustaqil ta’lim90 soat

Mavzular · 45

  1. 1.Kirish. Pedagogning kasbiy nutqi madaniyatning tarkibiy qismi sifatida. “Kasbiy faoliyat”, “kasbiy madaniyat”, “kasbiy muloqot”, “kasbiy nutq” tushunchalari. Kasbiy nutqning qo‘llanilish sohalari. O‘zbek tili bo’yicha egallangan bilim, ko‘nikma, malakani aniqlash.2
  2. 2.O‘qituvchi nutqining kommunikativ xususiyatlari. Pedagogik nutqning o‘ziga xosliklari. Nutq turlari va ko‘rinishlari. Nutqning to‘g‘riligi, aniqligi, tozaligi, mantiqiyligi, ta’sirchanligi, maqsadga muvofiqligi.2
  3. 3.O‘qituvchi nutqining kommunikativ xususiyatlari. Pedagogik nutqning o‘ziga xosliklari. Nutq turlari va ko‘rinishlari. Nutqning to‘g‘riligi, aniqligi, tozaligi, mantiqiyligi, ta’sirchanligi, maqsadga muvofiqligi.2
  4. 4.O’zbekiston ta’lim tizimi va jahon. O‘zbekistondagi ta’lim tizimi bosqichlari. O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari va jahon universitetlari Kredit-modul tizimining afzalliklari. Viloyat OTMlari, turdosh OTMlar haqida ma’lumot.2
  5. 5.O‘zbek tili va uning tillar tizimidagi o‘rni. O‘zbek tili-turkiy tili, allyuginativ til. O’zbek tilining taraqqiyot bosqichlari. Davlat tilining nufuzini orttirish bo‘yicha hukumat qarorlari, Qiyosiy tipologiya natijalari.2
  6. 6.O‘zbek adabiy tili me’yorlari. Hozirgi o‘zbek adabiy tili me’yorlari tasnifi. Fonetik, orfoepik, grafik, orfografik, leksik, so‘z yasash, grammatik, aksentologik, punktuatsion me’yorlar.2
  7. 7.Uslubiy me’yor. Nutq uslublari. Lingvistik uslubshunoslik. So‘zlashuv, ommabop, badiiy uslublar. Uslublarning, fonetik, leksik-semantik, grammatik xususiyatlari.2
  8. 8.Uslubiy me’yor. Nutq uslublari. Lingvistik uslubshunoslik. So‘zlashuv, ommabop, badiiy uslublar. Uslublarning, fonetik, leksik-semantik, grammatik xususiyatlari.2
  9. 9.Ilmiy uslub, uning turlari, janrlari. Ilmiy uslub, uning qo‘llanilish sohalari, janrlari. Ilmiy ish turlari.2
  10. 10.Ilmiy uslubning leksik xususiyatlari. Ilmiy uslubda so’z tanlash jarayoni. Terminlar va ularning vujudga kelishi. Terminlarning turlari. Kasbiy terminologik tizim.2
  11. 11.Pedagogikaga oid terminlar glossariyasi “Glossariy“ tushunchasi. Pedagogik sohada qo‘llanadigan umumiy terminlar ro‘yxati. Mutaxassislikka oid terminlar glossariysini tuzish.2
  12. 12.Ilmiy uslubning grammatik xususiyatlari. Ilmiy uslubning morfologik jihatdan o‘ziga xosliklari. Kasbiy til sintaksisi. Kasbga oid matnni grammatik tahlil qilish.2
  13. 13.Ixtisoslikka oid matn tarjimasining muammolari. Ixtisoslikka oid matnlar ustida ishlash. Tarjima sirlari, muammolari. Mutaxassislik terminlarining uch tilli lug‘atini tuzish.2
  14. 14.Kasbiy monologik nutq. Monologik nutq. Monologda mazmun va ohang izchilligi. Kasbiy monologik nutq tuzish mashqlari.2
  15. 15.Mutaxassislikka oid bahs turlari. Eristika-bahs yuritish san’ati. Bahs turlari. Muhokama, munozara, polemika, disput, debat. Ta’limiy bahs namunalari.2
  16. 16.Mutaxassisning o‘zbekcha taqdimot nutqi. Taqdimot etikasi. Taqdimot davomida foydalaniladigan nutqiy qoliplar. Mutaxassislikka oid mavzu bo‘yicha taqdimot tayyorlash.2
  17. 17.“Akademik yozuv” tushunchasi. Akademik yozuvining o‘ziga xosliklari. Ilmiy ishlarga qo‘yiladigan umumiy talablar. Akademik matnlarning turlari, bayon uslubi.2
  18. 18.Ilmiy matnning kompleks tahlili. Mutaxassislikka oid ilmiy matn tahlili va tahriri. Yozma ishlarda uchraydigan xatolar va ularni bartaraf etish yo‘llari.2
  19. 19.Badiiy matn haqida nazariy ma’lumot. Badiiy matnning o‘ziga xos xususiyatlari, estetik vazifalari. Badiiy matnda ma’no va mazmun.2
  20. 20.So‘zning o‘z va ko‘chma ma’nolari. Matndagi metafora, metonimiya, sinekdoxa, vazifadoshlikning ishlatilishi.2
  21. 21.Nutqimiz ko‘rki. Iboralar va ularning turlari. Iboralarning uslubiy xususiyatlari. Iboralarning matnda qo‘llanilishi. Ijobiy va salbiy bo‘yoqli iboralar ishtirokida tasviriy matn yaratish.2
  22. 22.Matn turlari ustida ishlash. Adiblar xiyoboni haqida axborot tayyorlash. Tasviriy matn, hikoya matni, muhokama matnlaridan namuna yaratish.2
  23. 23.Yozma ishlar. Hayotga munosabat haqida suhbat. Diktant, insho yozish. Tinish belgilari.2
  24. 24.Matn mazmunining qisqacha bayoni. Rezyume, uning tuzilishi va ifoda materialining xususiyatlari .“Abdulla Avloniy” matnidagi pedagogikaga oid terminlar va birikmalarning tahlili.2
  25. 25.Fikr ifodalash yo‘llari. Yoshlarga oid muammolar, ularning yechimi to‘g‘risida matn tuzish. Og‘zaki va yozma savodxonlikni tekshirish va xatolar ustida ishlash.2
  26. 26.Leksikografiya. Umumxalq leksikasiga kirgan san’atshunoslik terminlari. Lug‘at turlari haqida ma’lumot berish.2
  27. 27.O‘zbek tilining izohli lug‘ati. So‘zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlari bilan ishlash. Omonim, sinonim, antonim, paronim. Lug‘atlar bilan ishlash, ular vositasida matn yaratish.2
  28. 28.Kasbiy faoliyatda nutq madaniyati. Turli shevalarga xos so‘zlarning qiyosiy jadvalini tuzish. O‘zbek tilining lahja va shevalari. Ixtisoslikka oid termin va atamalar bilan ishlash.2
  29. 29.Zamonaviy axborot manbalari. Mamlakatimizda iqtidorli yoshlar uchun yaratilayotgan sharoitlar haqida ma’lumot yozish. “Internetning hayotimizdagi o’rni” mavzusida matn yaratish2
  30. 30.Ta’lim maskani haqida taqdimot nutqi tayyorlash. Institutim bilan faxrlanaman. Mavzu bo‘yicha suhbat, maqsadlar, orzular, rejalar haqida dialogik matn tuzish.2
  31. 31.O‘zbek tili davlat tili sifatida. Davlat tilida ish yuritish fanining maqsad va vazifalari.2
  32. 32.Nutq uslublarining qiyosiy tavsifi. Nutq uslublariga oid matn tuzish va tahlil qilish. Yozuv meʼyorlariga amal qilish.2
  33. 33.Rasmiy uslub va uning umumiy xususiyatlari.Rasmiy uslub matniga tanlanadigan leksik, grammatik, sintaktik birliklar mazmuni.2
  34. 34.Hujjatlarning vazifasi.Hujjatlarda so‘z turkumlarining qo‘llanishi. Rasmiy matn tahlili ustida ishlash.2
  35. 35.Hujjat turlarida qoliplashgan, turg‘unlashgan birliklarning ishlatilishi. Hujjatlardagi morfologik ko‘rsatkichlarning va tinish belgilarning o‘rni.2
  36. 36.Sodda hujjatlar. Murakkab hujjatlar. Hujjatning zaruriy qismlari( rekvizit)ni o‘rganish.2
  37. 37.Tashkiliy hujjatlar. Tashkiliy hujjatlarning turlari, xususiyatlari. Kasbiy faoliyatga oid shartnoma, nizom, yo‘riqnoma namunalarini yozish.2
  38. 38.Farmoyish hujjatlari.Farmoyish hujjatlarining turlari, xususiyatlari. Buyruq, farmoyish, ko‘rsatmalar bilan tanishish. Institut faoliyatiga va talabaning tahsil olish jarayoniga oid farmoyish hujjatlari bilan ishlash.2
  39. 39.Maʼlumot-axborot hujjatlari. Maʼlumot-axborot hujjatlarining turlari, xususiyatlari. Аriza, tushuntirish xati, bildirishnoma.2
  40. 40.Maʼlumotnoma, tarjimai hol, tavsifnoma, tavsiyanoma. Hujjatlarning xususiyatlari, zaruriy qismlari, tayyorlanish tartibi2
  41. 41.Pedagogik faoliyat bilan bog‘liq maʼlumot-axborot hujjatlari ustida ishlash. Ishonchnoma, tilxat, hisobot, dalolatnoma.2
  42. 42.Majlis bayoni va majlis bayonidan ko‘chirmaning tuzilishi, tarkibiy qismlari. Kasbiy faoliyat bilan bogʼliq bayonnoma namunalarini tuzish. Bayonnomadan ko‘chirmani rasmiylashtirish bo‘yicha mashqlar2
  43. 43.Hujjatning tili va uslubi. Hujjat turlariga oid dars ishlanmasini tayyorlash.2
  44. 44.Hujjat matnidagi qoliplashgan birliklar bilan ishlash. Hujjat namunalarini yozish. Matndagi yo‘l qo‘yilgan xatolar ustida ishlash.2
  45. 45.Rasmiy uslubning xususiyatlarini og‘zaki bayon qilish. Hujjat turlari bo‘yicha taqdimot nutqi tayyorlash2

Nazorat turlari (maksimal ball)

  • Yakuniy nazorat 5
  • Umumiy 5
  • 1-oraliq nazorat 5
  • 2-oraliq nazorat 5

Manba: HEMIS. Fan va mavzu nomlari HEMIS’dagidek (o‘zbek tilida). Adabiyotlar ro‘yxati va baholash mezonlari — kafedraning tasdiqlangan sillabusida.

O‘quv rejaga qaytish