Asosiy mazmunga o'tish

Chizmachilik I

ChizM105 · 2-semestr · 60111200 Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi · 2023-yil qabuli

Kredit
5
Jami soat
150
Auditoriya
18
Turi
Majburiy
Fanlar bloki
Majburiy fanlar
Yakuniy nazorat shakli
Imtihon

Soatlar taqsimoti

  • Ma’ruza6 soat
  • Amaliy12 soat
  • Mustaqil ta’lim132 soat

Mavzular · 9

Ma’ruza · 6 soat

  1. 1.Geometrik chizmachilik. Chizmaning O‘rta Osiyo va jahonning boshqa xududlarida rivojlanishi. Chizmachilik asboblari va jihozlari. Standart haqida ma'lumotlar. Chizma qog‘ozlari va bichimlari. Kattalashtirish va kichiklashtirish masshtablaridan foydalanish. Tutashmalar. Tutashma elementlari va uning amaliy tadbig‘i.2
  2. 2.Ikkinchi tartibli egri chiziqlar. Transtsendent egri chiziqlar. Oddiy geometrik yasashlar (kesmani, aylanalarni burchakni teng bo‘laklarga bo‘lish). Tsirkul egri chiziqlari, lekalo egri chiziqlari.2
  3. 3.Proyeksion chizmachilik bo‘limining nazariy mashg‘ulotlar mazmuni. Ortogonal proyeksiyalashda oltita asosiy ko‘rinish. Narsaning o‘zaro pеrpеndikulyar ikkita va uchta tеkislikka proеksiyalash. Asosiy, qo‘shimcha va mahalliy ko‘rinishlar.2

Amaliy · 12 soat

  1. 1.Standart shriftlar. Shrift guruhlari. Chiziq turlari. Chizmadagi shartliliklar. O‘lcham qo‘yish qoidalari. Tekis shaklga o‘lcham qo‘yish2
  2. 2.Geometrik yasashlar. (Kesmalarni, burchaklarni va aylanani teng bo‘laklarga bo‘lish. Muntazam ko‘pburchak yasash.) Qiyalik va konuslik. Tutashmalar. Tutashma elementlari va uning amaliy tadbig‘i.2
  3. 3.O‘ramalar. Tsirkul egri chiziqli naqsh. Ovallar. Lekalo egri chiziqlari. Davriy egri chiziqlar. Evolventa va spirallar.2
  4. 4.Ko‘rinishlar, Buyumning oltita ko‘rinishini bajarish. Buyumning uchta ko‘rinishini bajarish. Asosiy, qo‘shimcha va mahalliy ko‘rinishlar.2
  5. 5.Kesimlar, qirqimlar. Oddiy qirqim bajarish. Murakkab qirqim bajarish. Chizmalarda tasvirlar sonini kamaytiruvchi shartlilik va soddalashtirishlar2
  6. 6.Nuqta va to‘g‘ri chiziqni son belgili proektsiyada tasvirlash. To‘g‘ri chiziq kesmasining uzunligini aniqlash. To‘g‘ri chiziqlarni promilesini tasviyalash, uning intervali va qiyaligi. Ikki to‘g‘ri chiziqning vaziyati. Tekisliklarning berilishi. Ikki tekislikning o‘zaro vaziyatlari.2

Nazorat turlari (maksimal ball)

  • Yakuniy nazorat 5
  • Umumiy 5
  • 1-oraliq nazorat 5

Manba: HEMIS. Fan va mavzu nomlari HEMIS’dagidek (o‘zbek tilida). Adabiyotlar ro‘yxati va baholash mezonlari — kafedraning tasdiqlangan sillabusida.

O‘quv rejaga qaytish