Asosiy mazmunga o'tish

Ifodali o‘qish

IO'T304 · 5-semestr · 60110500 Boshlang‘ich ta’lim · 2022-yil qabuli

Kredit
4
Jami soat
120
Auditoriya
18
Turi
Tanlov
Fanlar bloki
Tanlov fanlar
Yakuniy nazorat shakli
Imtihon

Soatlar taqsimoti

  • Ma’ruza8 soat
  • Amaliy10 soat
  • Mustaqil ta’lim102 soat

Mavzular · 9

Ma’ruza · 8 soat

  1. 1.Ifodali qish fanining predmeti, maqsadi, vazifalari. Qadimgi Yunonistonda notiqlik san’ati. Sharq notiqlik san’ati.2
  2. 2.Ifodali o‘qishda nafas, ovoz va talaffuzning o‘rni. Intonatsiya, ritm va temp – ifodali o‘qishning asosiy vositalari sifatida. Urg‘u, ritm va to‘xtam (pauza) va ularning ahamiyati.2
  3. 3.Ifodali o‘qishda yuz ifodasi va xatti-harakat. Ritorika va uslubiyat. Badiiy matnda obraz, obrazlilik. Matnni ifodali o‘qishga tayyorgarlik bosqichlari2
  4. 4.Lirik turdagi asarlarni ifodali o‘qish. Epik turdagi asarlarni ifodali o‘qish. Drammatik turdagi asarlarni ifodali o‘qish. Xalq og‘zaki ijodi namunalarini ifodali o‘qish. Bolalar adabiyoti namunalarini ifodali o‘qish2

Amaliy · 10 soat

  1. 1.Ifodali o‘qishning fan sifatida paydo bo‘lishi va taraqqiyotida notiqlik san’atining o‘rni. Yunonistonda notiqlik. Arastu, Sitseron, Demosfenning notiqlik san’atiga qo‘shgan hissasi. Sharqda notiqlik, Forobiy, Beruniy, Rumiy, Husayn Voiz Koshifiy, Navoiyning nutq odobiga doir qarashlari2
  2. 2.Ifodali o‘qishda nafas, ovoz va talaffuzning o‘rni mavzusi bo‘yicha badiiy asardan parchalar tahlil qilish. Ifodali o‘qishning asosiy vositalari. Badiiy asarlarni ifodali o‘qishda urg‘u, ritm va to‘xtamning ahamiyati2
  3. 3.Ifodali o‘qishda yuz ifodasi va xatti-harakat mavzusi asosida monologik nutq tayyorlash va uni ijro etish. Nutq jarayonida uslubiy vositalardan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha taqdimot tayyorlash2
  4. 4.Badiiy matnda obraz, obrazlilik mavzusi bo‘yicha sahnalashtirilgan lavha tayyorlash, dialogik, polilogik matnlar ustida ishlash. Matnni ifodali o‘qishga tayyorgarlik bosqichlari bo‘yicha badiiy asardan parchalar tahlil qilish. Lirik turdagi asarlar – barmoq, aruz va erkin vaznga oid asarlarni ifodali o‘qish2
  5. 5.Epik turdagi asarlar – hikoya, qissa, roman janriga mansub asarlarni ifodali o‘qish. Drammatik turdagi asarlar: intermediya, pyesa, komediya tragediya, tragikomediyalarni ifodali o‘qish. Xalq og‘zaki ijodining lof, latifa, afsona, rivoyat va doston janriga mansub matnlar ustida ishlash ularni nutq texnikasiga muvofiq ifodali o‘qish. Bolalar adabiyoti namunalari – kichik hajmli didaktik hikoyalar, ertak, tez aytish, topishmoqlarni ifodali o‘qish2

Nazorat turlari (maksimal ball)

  • Oraliq nazorat 5
  • Yakuniy nazorat 5
  • Umumiy 5

Manba: HEMIS. Fan va mavzu nomlari HEMIS’dagidek (o‘zbek tilida). Adabiyotlar ro‘yxati va baholash mezonlari — kafedraning tasdiqlangan sillabusida.

O‘quv rejaga qaytish