Guliston davlat pedagogika institutida ta’lim sifatini oshirish, talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlash hamda amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan ochiq dars mashg‘uloti tashkil etildi.
0 ko'rildi

✅ Ochiq dars Xorijiy til va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi 1-bosqich talabalari uchun “Umumiy psixologiya” fanidan o‘tkazildi.
🗣 Mashg‘ulotni Pedagogika va psixologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi Berdiqulova M olib bordi.
Dars davomida mavzuga oid nazariy ma’lumotlar zamonaviy pedagogik metodlar va interfaol yondashuvlar asosida yoritilib, talabalarning faol ishtiroki ta’minlandi.
Ochiq dars ta’lim jarayonida samarali metodlardan foydalanish, talabalarning mustaqil fikrlashi va fanga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qildi.


