Skip to content

35 years – 35 results

VATAN MADHI — YOSHLAR NIGOHIDA

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Tillarni o‘qitish fakulteti “O‘zbek tili va adabiyoti “ yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Mamatqulova Rayhona tomonidan Vatan, istiqlol va yurtga sadoqat tuyg‘ularini tarannum etuvchi she’r ijro etildi.

Unda ona Vatanga muhabbat, mustaqillikning bebaho qadri, yurt tinchligi va farovonligiga bo‘lgan yuksak ehtirom o‘z ifodasini topgan.

Mustaqillik — milliy g‘ururimiz, Vatan ravnaqi esa barchamizning ezgu maqsadimizdir.

MUSTAQILLIKNING 35 YILLIGI — SUN’IY INTELLEKT TALQINIDA

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Guliston davlat pedagogika instituti tomonidan zamonaviy va kreativ yondashuv asosida maxsus videorolik tayyorlandi.

Videorolikda institut hayotiga oid real fotolavhalar sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida jonlantirilib, talaba-yoshlarning ta’lim jarayonlari, kasb-hunar egallashi hamda Vatanga muhabbat va daxldorlik tuyg‘ulari o‘ziga xos talqinda aks ettirildi.

Real tasvir va sun’iy intellekt imkoniyatlarining uyg‘unligi orqali Mustaqillikning 35 yillik shukuhi, bunyodkorlik, yaratuvchanlik va yoshlar shijoati zamonaviy raqamli formatda ifodalandi.

Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin!

MUSTAQILLIK MEN UCHUN…

Bir xalqning eng katta baxti — o‘z taqdirini o‘zi belgilashi, farzandlarining kelajakka ishonch bilan qadam qo‘yishidir. Biz ana shunday baxtga muyassar bo‘lgan avlodmiz.

Ona tilimizda erkin so‘zlashimiz, ilm olishimiz, orzu va maqsadlarimiz sari dadil intilishimiz — Mustaqillik bergan bebaho imkoniyatdir.

Tillarni o‘qitish fakulteti talaba-qizlari #MustaqilYurt chellenjida ishtirok etib, Vatan va Mustaqillik haqidagi samimiy fikrlarini izhor etdilar.

Siz ham o‘z fikringizni video orqali ifodalang va #MustaqilYurt xeshtegi ostida biz bilan baham ko‘ring!

Updated: 23 October 2026