Asosiy mazmunga o'tish

Chizma geometriya II

ChizGeo206 · 4-semestr · 60111200 Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi · 2022-yil qabuli

Kredit
4
Jami soat
120
Auditoriya
18
Turi
Majburiy
Fanlar bloki
Majburiy fanlar
Yakuniy nazorat shakli
Imtihon

Soatlar taqsimoti

  • Ma’ruza8 soat
  • Amaliy10 soat
  • Mustaqil ta’lim102 soat

Mavzular · 34

Ma’ruza · 8 soat

  1. 1.Egri chiziqlar. Egri chiziqlar va uning turlari.2
  2. 2.Sirtlarning yoyilmalarini yasash usullari. Yoyiladigan va yoyilmaydigan sirtlar.2
  3. 3.Sirtlarning o‘zaro kesishuv chizig‘ini yasash usullari. Yordamchi kesuvchi sferalar usuli.2
  4. 4.Perspektiva va uning turlari. Perspektivaning geometrik apparati. Perspektivaning maqsad va vazifalari. Perspektiva turlari.2

Amaliy · 10 soat

  1. 1.Ko‘pyoqlik (piramida)larni umumiy vaziyatdagi tekislik bilan kesishish chizig‘i va uning yoyilmasini bajarish.2
  2. 2.Aylanish sirtlarni umumiy vaziyatdagi tekislik bilan kesishgan chizig‘ini va kesim yuzasining haqiqiy kattaligini aniqlash.2
  3. 3.Konsentrik va ekssentrik sferalar usulida sirtlarning o‘zaro kesishgan chizig‘ini aniqlash. Parallel kesuvchi tekisliklar usulida sirtlarning o‘zaro kesishish chizig‘ini aniqlash.2
  4. 4.Perspektivaning geometrik apparatini o‘zlashtirish. Nuqtaning perspektivasini yasash. To‘g‘ri chiziq va tekisliklarning turli vaziyatlari perspektivasini yasash.2
  5. 5.Geometrik sirt va me’moriy obidalarning shaxsiy va tushuvchi soyalari perspektivasini qurish. Sun’iy yoritish orqali interyerda soya bajarish.2

Mustaqil ta’lim · 102 soat

  1. 1.Egri chiziqlarga urinma va normallar oʻtkazish.4
  2. 2.Ikkinchi tartibli aylanish sirtlarida nuqta va chiziqlarning yetishmovchi proyeksiyalarini aniqlash.4
  3. 3.Sirtlarni tekislik va toʻgʻri chiziq bilan kesishishi.4
  4. 4.Yoyiladigan va yoyilmaydigan sirtlarning yoyilmalarini bajarish va maketlarini tayyorlash.4
  5. 5.Sirtlarning ocherklarini yasashda urinma tekisliklarning ahamiyati.4
  6. 6.Sirtlarning oʻzaro kesishish chizigʻini aniqlashda konsentrik va ekssentrik sferalar usulini tatbiq etishning shartlari.4
  7. 7.Sirtlarning oʻzaro kesishish chizigʻini aniqlashda kesuvchi tekisliklar dastasi usulidan foydalanish. 44
  8. 8.Yorugʻlikning fizik xususiyatlari va uning chizmadagi oʻziga xosliklari.4
  9. 9.Turli geometrik jismlarining shaxsiy va tushuvchi soyalarini aniqlash.4
  10. 10.Muhandislik inshootlarining shaxsiy va tushuvchi soyalarini aniqlash.4
  11. 11.Perspektivaning geometrik apparatini va uning terminlarini oʻzlashtirish. Narsalar tekisligi va fazodagi nuqtaning perspektivasini qurish.4
  12. 12.Kartina va narsalar tekisligiga nisbatan turli vaziyatda joylashgan toʻgʻri chiziqlarning perspektivasini qurish va ularning kartina izi hamda uchrashish nuqtalarini aniqlash.4
  13. 13.Kartina va narsalar tekisligiga nisbatan turli vaziyatda joylashgan tekisliklarning perspektivasini qurish va ularning kartina izi hamda uchrashish chiziqlarini aniqlash.4
  14. 14.Tekislikning narsalar tekisligi bilan kesishgan chizigʻini aniqlash. Kartina va narsalar tekisligiga nisbatan pasayuvchi, koʻtariluvchi toʻgʻri chiziq va tekisliklarni aniqlash va tahlil qilish.4
  15. 15.Geometrik shakllar orasidagi pozitsion va metrik munosabatlarni tekshirishga oid masalalar yechish.4
  16. 16.Tekis shakllarning perspektivasini qurish. Geometrik sirtlarning perspektivasini qurish.4
  17. 17.Koordinatalar usulida perspektiv tasvir qurish. Qush uchadigan balandlikdan obyekt perspektivasini qurish.4
  18. 18.Kartinani kattalashtirish va kichiklashtirish. Relefli perspektiva.4
  19. 19.Ogʻma tekislikda geometrik sirtlar va obyekt perspektivasini qurish.4
  20. 20.Burchakli va frontal interyerning perspektivasini qurish.4
  21. 21.Perspektivada soyalar bajarish.4
  22. 22.Eksteryer va interyerda aks tasvirlar perspektivasini yasash.4
  23. 23.Kartinalar (rassomlarning asarlari)ni perspektiv jihatdan tahlili.4
  24. 24.Perspektiv tasvirlarni rekonstruksiya qilish.4
  25. 25.Kuzatish perspektivasi va uning tasviriy san’atdagi oʻrni. Rasm chizishda perspektiva qoidalarini tatbiq qilish.6

Nazorat turlari (maksimal ball)

  • Yakuniy nazorat 5
  • Umumiy 5
  • 1-oraliq nazorat 5

Manba: HEMIS. Fan va mavzu nomlari HEMIS’dagidek (o‘zbek tilida). Adabiyotlar ro‘yxati va baholash mezonlari — kafedraning tasdiqlangan sillabusida.

O‘quv rejaga qaytish