Ilm bilan erishilgan yutuq: yosh olim Zafarjon Maxmudjonov

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shayotgan, ilm-fan rivojida salmoqli natijalarga erishayotgan institutimiz olimlarining ilmiy faoliyati, ilmiy izlanishlari va yutuqlarini keng jamoatchilikka yoritib boramiz.
Bugun ana shunday olimlarimizdan biri — Guliston davlat pedagogika instituti Biologiya yo‘nalishi dotsenti, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Zafarjon Maxmudjonovning ilmiy faoliyati va yutuqlari haqida so‘z yuritamiz.
Olimning ilmiy faoliyati quruqlik mollyuskalarining taksonomiyasi, bioxilma-xilligi hamda molekulyar filogenetikasini o‘rganishga yo‘naltirilgan. Ilmiy izlanishlari natijasida respublika va xalqaro miqyosdagi nufuzli ilmiy nashrlarda qariyb 40 ta ilmiy maqola va tezis e’lon qilingan.
Bugungi kunda Zafarjon Maxmudjonov Animal and Veterinary Sciences (AVS) xalqaro ilmiy jurnalida retsenzent sifatida faoliyat yuritmoqda.
Shuningdek, u 2026-yilda “Akademik harakatchanlik” dasturi g‘olibi bo‘lgan hamda “O‘zbekiston uchun 100 g‘oya” tanlovi sovrindori sifatida e’tirof etilgan.
Guliston davlat pedagogika instituti ilm-fan taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan olimlarining ilmiy salohiyati, ilmiy izlanishlari va erishayotgan yutuqlari haqida ma’lumotlar keng jamoatchilikka muntazam yoritib boriladi.
Bizni kuzatishda davom eting!