Asosiy mazmunga o'tish

Xalqaro seminar-trening davom etmoqda

1 ko'rildi
Xalqaro seminar-trening davom etmoqda

Xitoyning Shenyan pedagogika universiteti bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Vazirlik tizimidagi mutaxassis va talabalarni Xitoyda malakasini oshirish” grant loyihasi doirasida xalqaro seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda.

Ayni kunlarda Xitoy Xalq Respublikasining Liaoning, Chansha va Syantan provinsiyalarida “Ta’lim sohasidagi rahbarlarning boshqaruv kompetensiyalarini takomillashtirish” mavzusidagi seminar-trening tashkil etilgan bo‘lib, unda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarining rahbar xodimlari ishtirok etmoqda.

Seminar-trening davomida ta’lim boshqaruvi, strategik rejalashtirish, raqamli transformatsiya va xalqaro ta’lim tajribalariga oid qator amaliy mashg‘ulotlar hamda tajriba almashish uchrashuvlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ushbu xalqaro tashrif institutimizda ta’lim sifati va boshqaruv samaradorligini yanada oshirishga xizmat qilishi shubhasiz.

Xalqaro seminar-trening davom etmoqda — 2Xalqaro seminar-trening davom etmoqda — 3Xalqaro seminar-trening davom etmoqda — 4Xalqaro seminar-trening davom etmoqda — 5

Shu mavzuda