“Akademik harakatchanlik” dasturi g‘olibi aniqlandi!

Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan 2026-yil 10–30-mart kunlari “Akademik harakatchanlik” dasturi bo‘yicha e’lon qilingan tanlov natijalariga ko‘ra, 36 nafar g‘olib nomzodlar qatoridan Guliston davlat pedagogika instituti Magistratura bo‘limi boshlig‘i MAXMUDJONOV Zafarjon Murodjon o‘g‘li ham munosib o‘rin egalladi.
“Akademik harakatchanlik” dasturi yosh olimlarning o‘z ish joyidan ajralmagan holda respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy tadbirlarda ishtirok etishi, ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirishi hamda ilg‘or tajribalarni o‘rganib, o‘zaro tajriba almashishini nazarda tutadi.
Mazkur yutuq hamkasbimizning ilmiy salohiyati, fidokorona mehnati va ilm-fan rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasining e’tirofidir.
Hurmatli Zafarjon Murodjon o‘g‘liga kelgusidagi ilmiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, yangi yutuqlar va zafarlar tilaymiz!
