“Suv — hayot manbai” ekologik forumi — yuksak ruh va mazmunli natijalar bilan yakunlandi!
Guliston davlat pedagogika instituti hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi hamkorligida tashkil etilgan ekologik forumda tabiatni asrash, suv resurslaridan oqilona foydalanish va ekologik madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan muhim tashabbuslar ilgari surildi.
Tadbir davomida:
⚪️ “Eng yaxshi ekologik g‘oya” tanlovi natijalari e’lon qilindi
⚪️ “Bir tomchi suvni asra” ekologik chellenji taqdimotlari namoyish etildi
⚪️ Suvni tejash bo‘yicha seminarlar tashkil etildi
⚪️ Foto va videoroliklar ko‘rgazmasi o‘tkazildi
⚪️ Eng faol ishtirokchilar munosib taqdirlandi


