Asosiy mazmunga o'tish

Guliston davlat pedagogika institutida zamonaviy media markaz tashkil etiladi

0 ko'rildi
Guliston davlat pedagogika institutida zamonaviy media markaz tashkil etiladi

Guliston davlat pedagogika institutiga Yevropa Ittifoqining xalqaro loyihasi hamda “Yuksalish” harakati vakillaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.

Delegatsiya a’zolari institutning ta’lim va ilmiy salohiyati, infratuzilmasi hamda yoshlar bilan ishlash tizimi bilan tanishdi. Muzokaralar yakunida institutda zamonaviy Media markaz tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Yangi markaz talabalarga:

🔹 media savodxonligi va raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirish;
🔹 zamonaviy media vositalaridan samarali foydalanish;
🔹 sifatli va ijodiy kontent yaratish;
🔹 axborotni tekshirish, tahlil qilish va dezinformatsiyani aniqlash imkonini beradi.

Uchrashuvda IDROK-UZ loyihasi mutaxassisi, Yevropa Ittifoqining Belarus, Janubiy Kavkaz va Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha koordinatori I. Jgharkava, ALDA kommunikatsiyalar bo‘limi rahbari B. Trascatani, “Yuksalish” harakati Sirdaryo hududiy bo‘linmasi rahbari N. Davronova hamda institut rahbariyati vakillari ishtirok etdi.

Loyiha Yevropa Ittifoqi, Konrad Adenauer jamg‘armasi, “Yuksalish” harakati va Guliston davlat pedagogika instituti hamkorligida amalga oshirilmoqda.

Media markazning tashkil etilishi xalqaro hamkorlikni amaliy natijaga aylantirib, talabalarning media loyihalar yaratishi va kasbiy tajriba orttirishi uchun yangi imkoniyatlar ochadi.

Guliston davlat pedagogika institutida zamonaviy media markaz tashkil etiladi — 2Guliston davlat pedagogika institutida zamonaviy media markaz tashkil etiladi — 3Guliston davlat pedagogika institutida zamonaviy media markaz tashkil etiladi — 4Guliston davlat pedagogika institutida zamonaviy media markaz tashkil etiladi — 5Guliston davlat pedagogika institutida zamonaviy media markaz tashkil etiladi — 6Guliston davlat pedagogika institutida zamonaviy media markaz tashkil etiladi — 7

Shu mavzuda