⚡️⚡️Nufuzli xalqaro Wiley onlayn kutubxonasi olimlar va tadqiqotchilar uchun o‘z eshiklarini ochdi
➡️ Akademik nashrlar taqdim etishga ixtisoslashgan “Wiley" xalqaro nashriyot uyi hamda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Innovatsion rivojlanish agentligi o‘rtasida erishilgan kelishuvlar doirasida 2023 yilning 13 noyabridan mamlakatimizdagi Oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot muassasalari “Wiley Online Library” elektron resurslaridan bepul foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
🎯Loyihaning asosiy maqsadi – olimlarimizning butun dunyodagi eng ilg‘or ilmiy maqolalarni o‘z ichiga olgan xorijiy nashriyotlarning ilmiy-texnik axborotlar bazasidan foydalanishlarini ta’minlashdir.
📕📕📕 Ma'lumot uchun, Wiley Online Library keng qamrovli, fanlararo internet-resurslar to‘plamini taqdim etadi. Platforma 200 yildan ziyod tadqiqotlar natijalariga, shu jumladan biologiya fanlari, tibbiyot, fizika, tabiiy, ijtimoiy va gumanitar fanlar bo‘yicha eng nufuzli manbalarga kirish imkoniyatini beradi. Ushbu resursda 1600 dan ortiq jurnallar, 22000 dan ortiq elektron kitoblar va yuzlab ko‘p jildli ma’lumotnomalar va boshqa materiallar mavjud.
🌐 Institutimizning ilmiy tadqiqotchilari va professor-o'qituvchilari ushbu ma'lumotlar ba'zasidan yil yakuniga qadar https://onlinelibrary.wiley.com/ havolasi orqali bepul foydalanish imkoniyati yaratilgan.