Asosiy mazmunga o'tish

Turk tilidan ko‘p darajali test sinovining yangi formati asosida diagnostik test sinovi tashkil etilmoqda

0 ko'rildi
Turk tilidan ko‘p darajali test sinovining yangi formati asosida diagnostik test sinovi tashkil etilmoqda

Bilimni baholash agentligida turk tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha yangi test formati loyihasi ishlab chiqildi. Turk tilidan yangi formatdagi diagnostik test sinovi Bilimni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan 2024-yil 9-oktyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Diagnostik test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar https://my.uzbmb.uz/ilmiy-service havolasi orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Ro‘yxatdan o‘tish va to‘lovni amalga oshirish muddati: 2024-yil 3-oktyabr soat 10:00 gacha. Natijangizni 10 ish kunida @bba_ilmiy_mock_exam_results_bot boti orqali bilib olishingiz mumkin.

Murojaat uchun: (95) 515-68-68

Shu mavzuda