“O‘zbek tilida yozilgan eng yaxshi insho” tanloviga taklif etamiz!
0 ko'rildi

21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamkorligida talaba-yoshlar o‘rtasida “O‘zbek tilida yozilgan eng yaxshi insho” tanlovi o‘tkaziladi.
🗓Sana: 22-oktabr
⏰Vaqt: 11:30
📌Manzil: B-bino, 202-xona
🏆G‘oliblar diplomlar, tashakkurnomalar bilan taqdirlanadi. Eng sara insholar OAV va ijtimoiy tarmoqlarda yoritiladi.
O‘z fikriga, mustaqil dunyoqarashiga va ijodiy salohiyatiga ega barcha talabalarni tanlovda ishtirok etishga taklif qilamiz!
