Ilmiy-tadqiqot bo‘limi

Haqida
«Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash» bo‘limi
Bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi «Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 304-son qaroriga muvofiq institutda ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limni tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchilik shaklida tashkil etish hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash tartibini belgilaydi.
Bo‘lim Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, hukumatning oliy ta’lim sohasiga oid qarorlari, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi qarorlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining buyruqlari, qarorlari, me’yoriy hujjatlari va uslubiy ko‘rsatmalari, shuningdek, institut rektorining buyruq va ko‘rsatmalari o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan. Bo‘lim institutning tarkibiy bo‘linmasi bo‘lib, byudjet hisobidan moliyalashtiriladi va rektorga bo‘ysunadi.
Bo‘limning asosiy vazifalari
- professor-o‘qituvchilar va ilmiy izlanuvchilarning ilmiy salohiyatidan to‘liq va samarali foydalanish hamda uni oshirish uchun zarur iqtisodiy va ijtimoiy sharoitlar yaratish bo‘yicha takliflar berish;
- pedagogika fanlari va texnologiyalarini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga muvofiq davlat dasturlari doirasida davlat buyurtmasi asosida bajariladigan fundamental, amaliy, innovatsion, startap va boshqa loyihalarni muvofiqlashtirish;
- ilmiy-tadqiqot natijalarini o‘quv jarayoniga faol joriy etish va bu ishlarga magistrant va talabalarni jalb qilish orqali tadqiqotlarning ilmiy-texnik samaradorligini va kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, ilmiy maktablar va yuqori malakali ilmiy jamoalarni shakllantirish;
- institutning texnik va ishlab chiqarish bazasini rivojlantirish, ilmiy xodimlarning malakasi va kasb mahoratini oshirishga ko‘maklashish;
- yirik ilmiy-texnik vazifalarni birgalikda hal etish va oliy ta’lim muassasalarida yaratilgan ishlanmalarni ishlab chiqarishga keng joriy etish uchun oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlari o‘rtasidagi hamkorlikning istiqbolli shakllarini rivojlantirish;
- ilg‘or xorijiy oliy o‘quv yurtlari va ilmiy markazlar bilan xalqaro ilmiy-texnik hamkorlikni kengaytirish;
- fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha e’lon qilinadigan fundamental, amaliy, innovatsion va boshqa loyihalarning bajarilishini tashkil etish;
- ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari, guruhlar va ilmiy-ishlab chiqarish majmualari tomonidan loyihalar bo‘yicha olib borilayotgan tadqiqotlar natijalarini monitoring qilish;
- ilmiy xodimlarning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilotlar, oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlariga xizmat safarlarini tashkil etish;
- tadqiqot natijalarini o‘quv jarayoniga joriy etish va loyihalarga doktorantlar, magistrantlar va talabalarni jalb qilish orqali tadqiqotlarning ilmiy-texnik darajasi va mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishga ko‘maklashish;
- professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar, yosh olimlar, magistrantlar va iqtidorli talabalarga ilmiy-texnik, axborot, me’yoriy-huquqiy va konsalting xizmatlari ko‘rsatish;
- tadqiqot natijalari bo‘yicha monografiya va ilmiy maqolalar, yangi ishlanmalar uchun katalog va bukletlar tayyorlashda uslubiy yordam berish;
- institutda nashr etiladigan ilmiy-texnik jurnallarning nashr faoliyatini muvofiqlashtirish va ularni nashrga tayyorlash;
- tadqiqotlarga boshqa oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlarining yetakchi mutaxassislarini jalb etish, ular bilan hamkorlikda ilmiy loyihalar tayyorlashni tashkil etish;
- bajarilayotgan tadqiqotlarning qonuniylik, shartnomaviylik, rejalilik, moliyaviy intizom va sifat talablariga muvofiqligini ta’minlash;
- yuqori tashkilotlar talabiga ko‘ra institutning ilmiy faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z vaqtida va aniq taqdim etish.