Magistratura bo‘limi

Haqida
Guliston davlat pedagogika institutida magistratura O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-iyundagi «Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-289-son qarori asosida tashkil etildi. 2022/2023 o‘quv yili uchun magistratura mutaxassisliklariga belgilangan qabul kvotalari asosida talabalar qabul qilindi.
Magistratura bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 2-martdagi 36-son qarori bilan tasdiqlangan «Magistratura to‘g‘risida»gi Nizom asosida faoliyat olib boradi.
Har bir fakultetda internet va multimedia vositalari bilan jihozlangan magistrantlar xonasi tashkil etilgan. Mutaxassislik fanlaridan dars o‘tish va magistrlik dissertatsiyalariga ilmiy rahbarlik qilish uchun institutning tajribali professor-o‘qituvchilari jalb etilgan. Bundan tashqari, o‘quv jarayoniga va magistrantlarga ilmiy rahbarlikka respublikaning nufuzli oliy ta’lim muassasalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining tarmoq institutlaridan taniqli olim va mutaxassislar taklif etilgan.
Magistrantlarni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etish, ularning konferensiyalarda faol ishtirokini ta’minlash, kuzatish va tadqiqot natijalari asosida ilmiy maqolalar chop etish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bo‘limning vazifalari
Magistratura bo‘limi kafedralar va dekanatlar bilan birgalikda quyidagilarni ta’minlaydi:
- magistrlar tayyorlash bo‘yicha o‘quv jarayonini tashkil etish va amalga oshirishga, ta’lim sifatini nazorat qilishga ko‘maklashish;
- o‘quv-izlanish va ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish;
- institut barcha bo‘linmalarining magistrlar tayyorlash bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
- magistrlarni o‘qitish va ularning ishga joylashishini muntazam monitoring qilish, magistrlar tayyorlash masalalarini tahlil qilish va bu borada muntazam hisobotlar tayyorlash.

