Asosiy mazmunga o'tish

Milliy g‘oya va falsafa kafedrasi

Kafedra
Saidkulov Nuriddin Akramkulovich

Rahbar

Saidkulov Nuriddin Akramkulovich

Kafedra mudiri

Milliy g‘oya va falsafa kafedrasi mudiri.

Haqida

Kafedra tarixi

«Milliy g‘oya va falsafa» kafedrasi 2022–2023-o‘quv yilida «Ijtimoiy fanlar va san’atshunoslik» kafedrasi nomi bilan Ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti tarkibida tashkil etilgan. Hozirda kafedra mudiri lavozimida siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Saidkulov Nuriddin Akramkulovich faoliyat yuritmoqda.

Bugungi kunda kafedrada «60112100 — Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi», «60111200 — Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi», «60111300 — Musiqa ta’limi» va «60111000 — Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari» bakalavriat yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlanmoqda.

Asosiy ilmiy-tadqiqot mavzulari

  1. «Yangi O‘zbekistonda yoshlar siyosiy madaniyatini shakllantirish omillari, yo‘nalishlari va mexanizmlari»
  2. «Mediamakonda yoshlar dunyoqarashini shakllantirishning o‘ziga xos xususiyatlari»
  3. «Yoshlarda musiqa va san’at madaniyatini shakllantirishning pedagogik jihatlari»
  4. «Mirzacho‘l iqtisodiy landshaftining o‘ziga xos xususiyatlari»

Ilmiy faoliyat

Kafedra professor-o‘qituvchilari falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalarini himoya qilgan: 2022-yilda N. Saidkulov — «Yoshlar siyosiy madaniyatini innovatsion-kreativ yondashuv asosida shakllantirish mexanizmlari», 2022-yilda U. Mirzaliyev — «O‘zbekistondagi tarixiy-demografik jarayonlarning o‘ziga xos xususiyatlari (Sirdaryo va Jizzax viloyatlari misolida, 1956–2020-yillar)», 2021-yilda I. Djurayev — «Markaziy Osiyo chorvador jamoalarining janubga migratsiyasi va Janubiy Turonda ilk etnogenetik jarayonlar (bronza — ilk temir davri moddiy madaniyati va ilmiy adabiyotlar tahlili asosida)», 2020-yilda R. Xayrov — «Tasviriy san’at darslarida o‘quvchilarga individual yondashuvning ilmiy-metodik asoslari».

Shuningdek, kafedra dotsenti v.b. R. Xayrovning «Tasviriy san’at darslarida o‘quvchilarga individual yondashuv» monografiyasi (2021), «Dekorativ rangtasvir» o‘quv qo‘llanmasi (2022), I. Djurayevning «O‘zbek xalqi etnogenezining ilk bosqichi» monografiyasi (2021) nashr etilgan.

Kafedra a’zolari tomonidan 20 dan ortiq fan bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmualar zamonaviy axborot texnologiyalari asosida tayyorlangan, 150 dan ortiq ilmiy maqola nashr etilgan. Kafedra o‘qituvchilarining bir qator risolalari oliy o‘quv yurtlari, texnikumlar, litsey va maktablarning talaba-o‘quvchilari va o‘qituvchilari uchun qo‘llanma bo‘lib xizmat qilmoqda.

Kafedra qoshida «Yosh targ‘ibotchilar» (rahbari — N. Tursinqulov), «Tasviriy san’at» (rahbari — N. Jumaboyev), «Yosh huquqshunoslar» (rahbari — X. Yarbayev) kabi kichik maktablar faoliyat ko‘rsatadi.

Ilmiy hamkorlik

Kafedra Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti, Jizzax davlat pedagogika universiteti va Guliston davlat universitetining tegishli kafedralari bilan yaqin hamkorlik qiladi, birgalikda ilmiy anjumanlar va seminarlar o‘tkazadi. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi bilan uzviy aloqa o‘rnatilgan.

Malakaviy va pedagogik amaliyot bo‘yicha kafedra Sirdaryo viloyatidagi xalq ta’limi va maktabgacha ta’lim boshqarmalari, viloyat bandlik bosh boshqarmasi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi Sirdaryo viloyati boshqarmasi hamda akademik litseylar bilan hamkorlik qilib kelmoqda.

Aloqa

Manzil: Guliston shahri, 4-mavze, Guliston davlat pedagogika instituti, bosh bino, 3-qavat, 305-xona.
Elektron pochta: ijtimoiy_fanlar.guliston@mail.ru
Kafedra mudirining qabul kunlari: seshanba, chorshanba, juma.

Tarkib