O'quv-uslubiy boshqarma

Haqida
MEHNAT FAOLIYATI
2005-2007 yy.- Sirdaryo viloyati Guliston tumanidagi 14-umumta’lim maktab Axborot resurs markazi hodimi
2007-2011 yy. - Guliston davlat universiteti talabasi
2011-2013 yy. - O‘zbekiston milliy universiteti magistranti
2013-2014 yy. - Guliston davlat universiteti o‘quv-metodik bo‘lim metodisti
2014-2018 yy. - Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari
2018-2018 yy. - Guliston davlat universiteti tarix kafedrasi kabinet mudiri
2018-2019 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi Guliston hududiy filiali bosh metodisti
2019-2019 yy. - Guliston davlat universiteti Pedagogika fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari
2019-2022 yy. - Guliston davlat universiteti Pedagogika fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari
2022-2025 yy. - Guliston davlat pedagogika instituti O‘quv – uslubiy bo‘lim boshlig‘i
2025-yil va h. Guliston davlat pedagogika instituti O‘quv – uslubiy booshqarma boshlig‘i
O‘quv-uslubiy boshqarmaning funksiyalari
O‘quv-uslubiy boshqarma o‘ziga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda quyidagi funksiyalarni bajaradi:
- O‘quv va o ‘quv jarayonlarini tashkil etish sohasida:
- Institut fakultetlari va kafedralarida o‘quv faoliyatini rejalashtirish, tashkil etish va ta’lim dasturlarini amalga oshirishga rahbarlik qilish;
- institutning tegishli tuzilmalarida, jumladan, kafedralar tomonidan o‘quv reja va dasturlarni ishlab chiqilishini tashkil etish va nazorat qilish;
- ishlab chiqilgan ta’lim dasturlarini amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar va oliy ta’lim tashkilotining lokal hujjatlariga muvofiqligini tahlil qilish va ekspertizadan o‘tkazish;
- institutning tegishli tuzilmalari (fakultet va kafedralar)ni malaka talablari, o‘quv reja va o‘quv dasturlari bilan ta’minlanganlik holatini nazoratga olish;
- o‘quv jarayoni grafigi, dars jadvallari, oraliq va yakuniy nazorat jadvallari, Davlat attestatsiyasi jadvallarini tuzish, muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
- institut auditoriya fondi hisobini yuritish va mutanosib ravishda taqsimlanishini nazoratga olish;
- tasdiqlangan jadvallarga muvofiq o‘quv mashg‘ulotlari, oraliq va yakuniy nazoratlar, davlat yakuniy attestatsiyalarini baholash va o‘tkazilishini nazorat qilish;
- professor-o‘qituvchilarning o‘quv yuklamalarini shakllantirish me’yorlarini belgilash;
- professor-o‘qituvchilar yillik o‘quv yuklamalarini va shtatlar jadvalini shakllantirish;
- kafedra professor-o‘qituvchilari o‘rtasida o‘quv yuklamalarini optimal taqsimlanishini va soatbay fondni ishlatilishini nazorat qilish;
- kafedralarni yillik ish rejalarini va professor-o‘qituvchilarni shaxsiy ish rejalarini ishlab chiqishda tashkiliy-metodik tavsiyalar berish;
- institut bitiruvchilariga ta’lim hujjatlarida beriladigan kvalifikatsiyalarni (malakalarni) nazorat qilish;
- talabalarni ta’lim grantidan to‘lov-shartnoma shakliga o‘tkazilishini tashkil etish va nazoratga olish;
- ta’lim jarayonini tashkil etadigan tuzilmalarga o‘quv reja va dasturlari ishlab chiqish, normativ-huquqiy hujjatlar va o‘quv jarayoniga tegishli boshqa masalalar bo‘yicha maslahatlar berish;
- talabalarning semestrlar bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari, yakuniy davlat attestatsiyalari natijalari, yuqori instansiyalarning topshirighga asosan boshqa tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash va monitoringini olib borish;
- yuqori instansiyalardan kelib tushgan buyruqlar, farmoyishlar, topshiriqlar, oliy ta’lim tashkiloti rahbariyati topshiriqlarini bajarish. - O‘quv-uslubiy ishlar sohasida:
- tegishli tuzilmalarda o‘quv-uslubiy faoliyatni boshqaradi va muvofiqlashtiradi;
- oliy ta’lim sohasida normativ-huquqiy hujjatlar hamda oliy ta’limning DTSlari va malaka talablariga kiritilgan o‘zgartirishlarni monitoringini olib boradi;
- oliy ta’lim sohasidagi davlat siyosatidan kelib chiqqan holda metodik materiallar, normativ-huquqiy hujjatlar va lokal hujjatlarni ishlab chiqish va ular bilan ta’lim jarayonlarini ta’minlashni amalga oshiradi;
- institut o‘quv-uslubiy Kengashi faoliyatini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;
- institut o‘quv-uslubiy Kengashi muhokamasiga ta’lim jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritadi;
- institutda o‘quv jarayonlarini uslubiy ta’minlash uchun yagona axborot muhitini yaratish bo‘yicha ishlarni rejalashtiradi;
- ta’lim dasturlarini yagona bazasini shakllantiradi va doimiy ravishda takomillashtirib borilishini ta’minlaydi;
- o‘quv va o‘quv-uslubiy adabiyotlarni nashr etish rejasini shakllantiradi;
- institut tomonidan nashrga tavsiya etilgan o‘quv adabiyotlarini ekspertizadan o‘tkazish, qo‘lyozmalarni nashrga tayyorlash va nashr etish ishlarini nazorat qiladi;
- institutda o‘quv jarayonlarini o‘quv-uslubiy ta’minotini monitoringini olib boradi;
- institut fakultetlari va kafedralarini o‘quv-uslubiy ishlarini tahlil qiladi va umumlashtiradi;
- institutda Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasi tarkibini korxona va tashkilotlarning malakali xodimlaridan shakllantirilishini nazoratga oladi;
- yakuniy davlat attestatsiyasi yakunlari bo‘yicha natijalarni tahlil qiladi va takliflar tayyorlaydi. - Elektron-axborot ta’lim muhiti va masofaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish sohasida:
- Boshqarma kompetensiyasiga taalluqli bo‘lgan oliy ta’lim tashkilotining elektron axborot-ta’lim muhitini yaratish uchun shart-sharoitlar yaratish;
- Boshqarmaga biriktirilgan hujjatlar doirasida oliy ta’lim tashkiloti rasmiy veb-sahifasida tegishli bo‘limlarini o‘z vaqtida ma’lumotlar bilan to‘ldirish hamda yangilab borish;
- institut elektron axborot-ta’lim muhitida dars jadvallari, yakuniy nazorat jadvallarini joylashtirish;
- ta’lim jarayoniga zaruriy dasturiy vositalar va texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha kompleks ishlarni amalga oshirish;
- o‘quv jarayonida foydalaniladigan axborot tizimlarini boshqarish: fanlar, amaliyotlar, o‘quv reja va o‘quv dasturlari;
- masofaviy ta’lim tizimini shakllantirish, qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish hamda o‘quv jarayoniga masofaviy ta’lim texnologiyalari va elektron ta’limni joriy etish ishlarini muvofiqlashtirish va doimiy monitoring o‘tkazish;
- o‘quv jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish, oliy ta’lim tashkilotining elektron axborot-ta’lim muhiti faoliyati masalalari bo‘yicha maslahatlar berish;
- institut tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari, professor- o‘qituvchilari va o‘quv-yordamchi xodimlari bilan birgalikda kompleks tadbirlarni amalga oshirish;
- masofaviy ta’lim modullarini ishlab chiqilishini va yaratilgan video darslarning o‘quv dasturlaridagi tegishli mavzularga muvofiqligini ta’minlash. - Talabalarning amaliyoti sohasida:
- malakaviy amaliyotlarning barcha turlarini fakultet va kafedralarda rejalashtirish va tashkil etish ishlarini nazorat qilish va muvofiqlashtirish;
- o‘quv yili davomida talabalar uchun o‘tkaziladigan malakaviy amaliyotlarning grafigini ishlab chiqish;
- malakaviy amaliyotlarni malaka talablarida nazarda tutilgan amaliyotga qo‘yilgan talablarga muvofiqligini aniqlash;
- malakaviy amaliyotlarni tegishli korxona va tashkilotlarda o‘tkazilishini tahlil etish va nazorat qilish;
- malakaviy amaliyot obyektlari bilan shartnomalar tuzish va ularning bajarilishini nazoratga olish;
- o‘quv jarayoni jadvaliga muvofiq malakaviy amaliyotga yuboriladigan talabalarning buyruqlarini tayyorlanishini nazoratga olish. - Akkreditatsiya sohasida:
- oliy ta’lim tashkilotining Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi bilan hamkorlikda ishlash;
- Akkreditatsiya talablari va ko‘rsatkichlarini, Oliy ta’limning DTS talablariga muvofiqligini tahlil qilish va nazoratini amalga oshirish;
- institut ta’lim faoliyatini akkreditatsiyadan o‘tkazish jarayonlarini tashkiliy-metodik jihatdan qo‘llab quvvatlash;
- institut ta’lim dasturlarini davlat kompleks akkreditatsiyasiga tayyorlash ishlarini tashkil etish va boshqarish;
- yangi ochilishi rejalashtirilgan ta’lim yo‘nalishlari va uning negizidagi magistratura mutaxassisliklari ta’lim dasturlari va boshqa hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish;
- oliy ta’lim sohasida vakolatli davlat organlari tomonidan reja va rejadan tashqari o‘tkaziladigan tadbirlarni amalga oshirishda yordam berish.