Asosiy mazmunga o'tish

Ta'lim sifatini boshqarish tizimi

Bo'lim
Asatulloyev Abrorxon Asatulloyevich

Rahbar

Asatulloyev Abrorxon Asatulloyevich

Bo'lim boshlig'i

Falsafa fanlari doktori (DSc)

Haqida

Mazkur Nizom Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi yig‘ilishining 2023-yil 10-fevraldagi 2-son bayoni 6.3-bandi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 27-martdagi «Davlat oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi 72-son buyrug‘iga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, Guliston davlat pedagogika instituti tarkibidagi Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limining maqomi, asosiy maqsadi, vazifalari, huquq va majburiyatlari hamda faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.

Maqsadi

Bo‘limning asosiy maqsadi — talabalar bilimining davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini o‘rganish va tahlil qilish, kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish, institutni ichki attestatsiyadan o‘tkazishni tashkil etish, uning natijalari bo‘yicha ta’lim sifatiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, ularni bartaraf etish va oldini olish choralarini ko‘rish.

Bo‘lim haqida

Bo‘lim o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda institut rektorining buyruqlari va qonuniy ko‘rsatmalari, shuningdek, Bo‘lim to‘g‘risidagi Nizomga amal qiladi.

Institutning tashkiliy tuzilmasida Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi bevosita rektorga bo‘ysunadi; bo‘lim faoliyatiga prorektorlar, dekanlar va tarkibiy bo‘linmalar rahbarlarining aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi.

Asosiy vazifalari

  • institutda kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish va monitoringini olib borish;
  • talabalar bilimining davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini va fanlarni o‘zlashtirish darajasini o‘rganish va tahlil qilish;
  • ta’lim sifatini ta’minlay oladigan professor-o‘qituvchilar tarkibini shakllantirish, jumladan salohiyatli o‘qituvchilarni tanlash, ishga qabul qilish, ularning kasbiy mahorati va malakasini oshirish uchun xolis va shaffof tashkiliy mexanizmlarni yaratish;
  • professor-o‘qituvchilarning dars berish sifatini muntazam tahlil qilish;
  • institutni ichki baholashdan o‘tkazishni tashkil etish va uning natijalari bo‘yicha kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘rish;
  • o‘quv jarayoni me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablari asosida to‘g‘ri tashkil etilganini va HEMIS tizimidan foydalanish samaradorligini (ma’lumotlar o‘z vaqtida va to‘liq kiritilishi, kredit-modul tizimi talab darajasida tashkil etilishi) o‘rganish;
  • malaka talablari, o‘quv reja va dasturlarning kasbiy standartlar va mehnat bozori talablariga mos raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga muvofiqligini tahlil qilish;
  • bitiruvchilarning mehnat bozoridagi o‘rni, ularga bo‘lgan ehtiyoj va sohaning istiqboli yuzasidan kengaytirilgan xulosalar shakllantirish;
  • o‘quv mashg‘ulotlari zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari asosida tashkil etilganini, dars sifati nazorati talab darajasida yo‘lga qo‘yilganini o‘rganish;
  • darslarga ishlab chiqarishdan (amaliyotdan) malakali mutaxassislar jalb etilganini o‘rganish;
  • talabalar bilimini nazorat qilish va baholashda shaffoflik va xolislikni ta’minlash bo‘yicha ko‘rilgan choralar samaradorligini aniqlash;
  • professor-o‘qituvchilarning malaka oshirganini va o‘quv dasturlariga fandagi yangiliklar kiritilganini o‘rganish;
  • o‘quv yuklamasining professor-o‘qituvchilar o‘rtasida adolatli taqsimlanganini tahlil qilish;
  • axborot-resurs markazida talaba va o‘qituvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, fanlar bo‘yicha darsliklar mavjudligini o‘rganish va rahbariyatga takliflar kiritish;
  • mustaqil ta’lim talab darajasida tashkil etilishini o‘rganish va tahlil qilish (yo‘riqnoma yoki uslubiy ko‘rsatmalar ishlab chiqilishi, mustaqil ta’lim talablari va talabalar yuklamasi belgilanishi);
  • institutda plagiatga qarshi dasturlar joriy etilishini ta’minlash (akademik halollik tamoyillarini joriy etish va ko‘chirmachilikka qarshi ishlarni tizimli tashkil etish);
  • vazirlik topshirig‘iga ko‘ra boshqa oliy ta’lim muassasalari faoliyatini o‘rganishda ishtirok etish;
  • fakultet dekanlari, kafedra mudirlari va bo‘lim boshliqlariga ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘yicha metodik yordam ko‘rsatish.

Bo‘lim bevosita vazirlikning Ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish, litsenziyalash va ta’lim sifatini ta’minlash departamentiga hisob beradi.

Tarkib