Asosiy mazmunga o'tish

Xotin-qizlar qo'mitasi

Bo'lim
Misirova Nodira Tovbayevna

Rahbar

Misirova Nodira Tovbayevna

Bo'lim boshlig'i

Xotin-qizlar qo'mitasi raisi

Haqida

Kengashning asosiy maqsadi

  • xotin-qizlarning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy sohalar va mehnat faoliyatidagi ishtirokini kuchaytirish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, jamoat ishlarini olib borish;
  • xotin-qizlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirish, milliy va madaniy qadriyatlarimiz asosida qizlarni har tomonlama barkamol inson qilib tarbiyalash uchun tadbirlar, uchrashuvlar va seminarlar o‘tkazish;
  • xotin-qizlarning huquqlarini muhofaza qilish, ularning ma’naviy, intellektual va kasbiy tajribasini, huquqiy savodxonligi va madaniyatini oshirish;
  • iqtidorli qizlar to‘garagini yo‘lga qo‘yish, iqtidorli qizlarni Zulfiya nomidagi va boshqa davlat mukofotlariga tavsiya etishda ishtirok etish;
  • oilada sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, zararli odatlardan yiroq bo‘lish, xotin-qizlarning reproduktiv salomatligini yaxshilash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, xotin-qizlarning madaniyat va sportga qiziqishini oshirish;
  • xotin-qizlar o‘rtasida xalqimiz ma’naviyati va turmush tarziga yot bo‘lgan huquqbuzarlik, jinoyatchilik, giyohvandlik, ichkilikbozlik, o‘z joniga qasd qilish kabi salbiy holatlarning oldini olish;
  • xotin-qizlar o‘rtasida ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, diniy ekstremizm va missionerlik g‘oyalari tarqalishining oldini olish, xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish, ijtimoiy himoyaga muhtoj va nogironligi bo‘lgan qizlarni doimiy e’tiborga olib, ularga ko‘mak berish va qo‘llab-quvvatlash.

Kengashning asosiy vazifalari

Xotin-qizlarning jamiyatning siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy sohalaridagi faolligini oshirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitini yaxshilash, huquq va manfaatlarini himoya qilish, milliy va ma’naviy qadriyatlarimiz asosida oila munosabatlarini mustahkamlash, yoshlarni ma’naviy barkamol, g‘oyaviy jihatdan chiniqqan, millat va mamlakat ravnaqi yo‘lida kuchini ayamaydigan yetuk inson qilib tarbiyalash, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish.

Xotin-qizlar maslahat kengashi rahbariyat ko‘magida institutning ijtimoiy hayotida, professor-o‘qituvchilar, yordamchi-texnik xodimlar va talaba-qizlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni olib borishda faol ishtirok etib kelmoqda.

Talaba-qizlarning ma’naviy olami va ruhiy-psixologik holatini o‘rganish, ularda yuksak ma’naviyat tushunchalarini shakllantirish maqsadida uchrashuvlar va davra suhbatlari o‘tkaziladi. Kengash talaba-qizlarda sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini, o‘z salomatligiga mas’uliyat bilan qarashni, zararli odatlardan tiyilishni, muntazam sport bilan shug‘ullanish, ovqatlanish, kiyinish va muomala madaniyatiga rioya qilishni shakllantirish, ularni oilaviy hayotga tayyorlash, o‘qish va kelajak hayotga munosabatiga bag‘ishlangan turli tadbirlar va davra suhbatlarini talabalar turar joylarida ham doimiy o‘tkazib keladi.