Asosiy mazmunga o'tish

“49-teatr mavsumi” ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

66 ko'rildi

#49_teatr_mavsum

⚡️Joriy yilning  14-sentabr kuni Sirdaryo viloyati musiqali drama teatrida yangi “49-teatr mavsumi” ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

📍Unda teatr ixlosmandlari, ijodkorlar, keng jamoatchilik vakillari  hamda GuDPI  pedagog-xodimlari va talabalari ishtirok etdi.

🖇Tadbirda viloyat estrada simfonik orkestri, taniqli va yosh iste’dodli solistlar ishtirokidagi konsert dasturi bo‘lib o‘tdi. Jahon va milliy sahna asarlari durdonalaridagi mashhur ariyalardan parchalar ijro etildi.

📌Sirdaryoda professional teatr 1975 yilda ish boshlagan.  Teatrning katta zali 550 o‘rinli, ikkita kichigi esa 80 tomoshabinga mo‘ljallangan bo‘lib, ularda qo‘g‘irchoq spektakllar va boshqa turli tadbirlarni o‘tkazish mumkin.

🔥Viloyat teatri jamoasi yangi mavsumni katta tayyorgarlik bilan boshladi. Jamoa repertuaridan turli janrlardagi 25 ta spektakl o‘rin olgan.

📩GulDPI axborot xizmati

Shu mavzuda