“9-dekabr-Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni"ga bag‘ishlab huquq tartibot idoralari xodimlari bilan hamkorlikda “Ochiq eshiklar kuni” doirasida davra suhbati o‘tkazildi.
2024-yil 6-dekabr kuni Guliston davlat pedagogika institutida Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan “9-dekabr-Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni"ga bag‘ishlab huquq tartibot idoralari xodimlari bilan hamkorlikda “Ochiq eshiklar kuni” doirasida davra suhbati o‘tkazildi.
Mazkur davra suhbatida Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i D.Bakirova, Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi huzuridagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya” raisi D.Abdullayeva, Sirdaryo viloyati DXX boshqarmasi xodimi O.Inamov, Sirdaryo viloyati IIB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘linma boshlig‘i podpolkovnik J.Xo‘jamqulov, Sirdaryo viloyati Adliya boshqarmasi Guliston shahar yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i S.Halilov hamda talabalar ishtirok etdilar.
Soha vakillari tomonidan korrupsiya va uning oqibatlari, bugungi kunda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi olib borilayotgan amaliy islohotlar hamda korrupsion xatti-harakatlar uchun qonunda belgilangan javobgarliklar to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlar ishtirokchilarga yetkazildi. Davra suhbati ishtirokchilari mutaxassislar tomonidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.