Asosiy mazmunga o'tish

Aniq va tabiiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi Xolbek Raimov Guliston shahridagi 2-sonli va Mirzaobod tumanidagi 15-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida "Men tanlagan kasb" mavzusida davra suhbati o‘tkazdi.

145 ko'rildi

Men tanlagan kasb

Joriy yilning 19-aprel kuni Guliston davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti, Aniq va tabiiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi  Xolbek Raimov Guliston shahridagi 2-sonli va Mirzaobod tumanidagi 15-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida "Men tanlagan kasb" mavzusida davra suhbati o‘tkazdi. 
Suhbatda maktabning 9 va 11-sinf o‘quvchilari faol qatnashishdi. Ularga Guliston davlat pedagogika institutining bugungi kundagi faoliyati hamda 2023-2024- o‘quv yilidan boshlab institut qoshida faoliyat ko‘rsatadigan akademik litsey haqida batafsil ma’lumotlar berildi. 
Shuningdek, suhbat davomida o‘quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Shu mavzuda