“Avtomobilsiz kun” aksiyasi bo'lib o'tdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi PF–37-son Farmoniga asosan bugun (29 mart) respublika bo‘ylab "Avtomobilsiz kun" aksiyasi bo‘lib o‘tishi belgilangan.
Guliston davlat pedagogika instituti “Avtomobilsiz kun” aksiyasi bo'lib o'tdi.
Bugun tongda Guliston davlat pedagogika instituti rahbariyat xodimlari, professor-o‘qituvchilari, talabalari “Avtomobilsiz kun” aksiyasi doirasida ishga va o‘qishga piyoda, velosipedda hamda jamoat transportida kelishdi.
Loyihani o‘tkazishdan asosiy maqsad – sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, shuningdek, atrof-muhitni avtomobillardan chiquvchi zararli gazlardan himoya qilish, katta shaharlarda transport vositalari tirbandligini kamaytirish, jamoat transporti tizimini rivojlantirish masalalariga jamoatchilik eʼtiborini qaratishdir.