“Ayollar biznesi uchun birinchi qadam” tanlov bo'lib o'tdi
⚡️Bugun Guliston davlat pedagogika institutida 40 yoshgacha boʻlgan xotin-qizlar o‘rtasida targ‘ibot jarayonlari tizimli amalga oshirish maqsadida professor-o‘qituvchilar, magistrlar va talaba-yoshlari o‘rtasida “Ayollar biznesi uchun birinchi qadam” tanlov o‘tkazildi.
Tanlovning asosiy maqsadi – iqtidorli va isteʼdodli xotin-qizlar, ayollar va yosh olimalarning innovatsion faoliyati natijalari va tashabbuslarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, ularning ilmiy izlanishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berish hamda salohiyatli yoshlarni ilm-fanga keng jalb etishdan iborat. Ishtirokchilar o‘zlarining loyihalarini taqdim etishdi hamda tashkiliy guruh tomonidan baholandi.
🌟Ma'lumot o'rnida g‘oliblar joriy yilning 4-fevral kuni e’lon qilinadi!