Asosiy mazmunga o'tish

Belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” o‘tkazildi

0 ko'rildi
Belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” o‘tkazildi

Sirdaryo viloyati prokurori S. B. Imatovning talabalar bilan o‘tkazgan uchrashuvida ko‘tarilgan masalalar ijrosini ta’minlash maqsadida Guliston davlat pedagogika institutida Sirdaryo viloyati Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi va viloyat prokuratura hodimlari ishtirokida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi.

Uchrashuv davomida yoshlarni internet firibgarligi, kiberjinoyatlar, noqonuniy qimor va totalizator o‘yinlari, ijtimoiy tarmoqlardagi yot g‘oyalar hamda destruktiv axborotlar ta’siridan himoya qilish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, talabalarga internet va ijtimoiy tarmoqlardan xavfsiz foydalanish, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, shubhali havola va takliflarni aniqlash hamda kiberjinoyatlar qurboniga aylanib qolishning oldini olish bo‘yicha batafsil tushuntirish va tavsiyalar berildi.

Belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” o‘tkazildi — 2Belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” o‘tkazildi — 3Belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” o‘tkazildi — 4

Shu mavzuda