Bilim va izlanish sari — talabalar axborot-resurs markazida
0 ko'rildi

🤩Guliston davlat pedagogika instituti Tillarni o‘qitish fakulteti tyutori boshchiligida “Ona tili va adabiyoti: rus tili” yo‘nalishi talabalari Guliston davlat universitetining Axborot-resurs markaziga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida talabalar 700 o‘rinli markaz faoliyati, kutubxona fondi hamda mustaqil ta’lim va ilmiy izlanish uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Markazdagi o‘zbek va jahon adabiyoti namunalari, turli fanlarga oid ilmiy, badiiy va o‘quv adabiyotlari talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Shuningdek, talabalarga kompyuterlar bilan jihozlangan xonalar va elektron resurslardan foydalanish imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi.
Shu mavzuda

Talabalar “Qatag‘on qurbonlari” muzeyida

Institutimiz talabalari “Yangi O‘zbekiston yoshlari” eshittirishida ishtirok etdi

623





