Chorshanba — sport kuni
0 ko'rildi

🤩Guliston davlat pedagogika instituti Tillarni o‘qitish fakultetida 20-sentabr — Xalqaro universitet sporti kuni hamda “Chorshanba — sport kuni” munosabati bilan “10 ming qadam” yurish marafoni o‘tkazildi.
Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, jismoniy faollikni oshirish va talaba-yoshlarni sportga keng jalb etishga qaratilgan marafonda fakultet rahbariyati, tyutorlar hamda talabalar faol ishtirok etdilar.
Ko‘tarinki kayfiyat va jamoaviy birdamlik ruhida o‘tgan tadbir sog‘lom hayot tamoyillarini yanada mustahkamladi.








