"Do'stlik" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.
Do'stlik masofa tanlamaydi, til, din yoki irq bilan chegaralanmaydi. U nafaqat insonlarni, shuningdek xalqlarni va davlatlarni ham o'zaro hurmat, ishonch asosida birlashtiradi.
Guliston Davlat Pedagogika Instituti O'zbek tili va tillarni o'qitish kafedrasi katta o'qituvchilari Aytbayeva G.Y va Aliyeva A.E. va Ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti Koordinatori Naimqulov Nurzod tomonidan Guliston Davlat Pedagogika Instituti Talabalar turar joyida ,,Do'stlik' mavzusi bo'yicha davra suhbatii olib borildi . Davra suhbati doirasida talabalar o'rtasida turli kuy va qo'shiqlar va bir nechta talabalar o'rtasida qiziqarli chiqishlar bo'lib o'tdi . Bu davra suhbati talabalar o'rtasida o'zara do'stlik va o'zaro hurmatni yanada oshirishishga yordam beradi